Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston Senati (parlament yuqori palatasi) deputatlari Birinchi prezident kunini davlat bayramlari toifasidan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Bu haqda “Kazinform”  deya xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

“Qozog‘iston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kinematografiya, madaniyat va bayramlar masalalari bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan. Bu haqdagi qaror Senat yalpi majlisida qabul qilingan.

7-sentabr kuni parlament quyi palatasi deputatlari ushbu bayramni davlat bayramlari ro‘yxatidan chiqarish taklifini bildirgan edi.

Qozog‘istonda Birinchi prezident kuni 1-dekabrda nishonlandi va u dam olish kuni hisoblanardi. Bayram davlatning birinchi rahbari Nursulton Nazarboyev sharafiga tashkil etilgan: 1991-yil 1-dekabrda u respublika prezidenti etib saylangan. Ushbu bayramga davlat bayrami maqomi berish to‘g‘risidagi qonun 2011-yil 14-dekabrda imzolangan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?
Dunyo
Putin Rossiya tashqi siyosatining yangi konsepsiyasini tasdiqladi
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi