Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yanvar oyining dastlabki ikki haftasida dunyo bo‘ylab 585 milliard dollarga teng rekord miqdoridagi obligatsiyalar chiqarildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda. 

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Mazkur raqamlar agentlik 1999-yildan beri olib borgan bunday hisob-kitoblarning butun davri uchun maksimal ko‘rsatkich va o‘tgan yilning mos davri uchun 4 foizga ko‘p. Avvalgi rekord 2020-yilda qayd etilgandi — 562 milliard dollar.

Tahlilchilar ham korporativ, ham suveren emitentlar tomonidan chiqarilgan obligatsiyalarning rekord hajmini jahonning yetakchi markaziy banklari foiz stavkalarini oshirish bilan izohlamoqda, ular shu tariqa inflyatsiyaga qarshi kurashishga harakat qilmoqda.

“Bizning fikrimizcha, obligatsiyalar sohasida o‘sib borayotgan faollik juda kuchli poydevorga ega, ayniqsa gap investitsiya darajasidagi bozorlar haqida ketganda”, — deydi PineBridge Investments brokerlik kompaniyasi vakili Omar Slim. 

Emitent — o‘z faoliyatini rivojlantirish va moliyalashtirish uchun qimmatli qog‘ozlarni chiqaradigan (emissiya qiluvchi) kompaniya yoki tashkilot.

Obligatsiya — qiymatiga nisbatan egasiga (qat’iy belgilangan daromad keltiruvchi) qimmatli qog‘oz, qarzni qaytarib berish va foiz to‘lashni tasdiqlovchi majburiyatnoma. 

2022-yilda global fond va obligatsiya bozorlari 30 trillion dollardan ko‘proq zarar ko‘rgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi