• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    “Dunyo Sharq va G‘arbga bo‘lingan, Yevropa Ukrainadagi vaziyatdan charchagan” — Jahon iqtisodiy forumida qanday masalalar ko‘rib chiqilmoqda?

    Jahon iqtisodiyoti keng ko‘lamli inqiroz yoqasida. AQSH va Xitoy o‘rtasidagi keskinlik dunyoning G‘arb va Sharqqa bo‘linishiga olib keldi. Qolaversa, insoniyat pandemiyadan “saboq olmadi” va Ukrainadagi mojaro hali tugamagan. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida (WEF) shunday pessimistik tezislar bilan chiqish qildi.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z nutqida G‘arb hamkorlaridan yangi qurol yetkazib berishni so‘radi.

    O‘z navbatida, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg va AQSH Milliy razvedka direktori Avril Xeyns Kiyevni nafaqat Ukrainaga hamdardlik, balki o‘z manfaatlaridan kelib chiqib qo‘llab-quvvatlashlarini tan oldi.

    Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi dushanba kuni ochildi va 20-yanvarga qadar davom etadi. Uning asosiy mavzusi “Bo‘lingan dunyoda hamkorlik”dir.

    Ukrainadagi voqealar munosabati bilan o‘tgan yilgidek Rossiya vakillari forumga taklif etilmadi.

    “Mukammal bo‘ron”

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish dunyodagi hozirgi vaziyatni butun hayotidagi eng yomoni deb atadi. 1949-yilda tug‘ilgan Bosh kotibni bunday bayonotiga iqlim o‘zgarishi va geosiyosiy bo‘linish turtki berdi.

    Uning fikricha, bugungi vaziyat sovuq urush davridagidan ham yomonroq, chunki hozirda mojarolar nazoratdan chiqib ketmasligi uchun mexanizmlar kamroq.

    Guterrishning fikricha, jahon iqtisodiyoti inqiroz yoqasida.

    “Bizning dunyomiz bir qator jabhalarda “mukammal bo‘ron”ga duch kelmoqda”, — dedi u.

    Bu sohalar orasida u “ta’minot zanjiri uzilishlari, energiya inqirozi, narxlarning oshishi va inflyatsiya bilan birga foiz stavkalarining ko‘tarilishi”ni sanab o‘tdi.

    Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyot hali ham koronavirusning “pandemiya oqibatlari ta’sirida”. Dunyo salomatlik masalasida saboq olmagan va kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan shunga o‘xshash muammolarga butunlay tayyor emas.

    “Sharq va G‘arbga bo‘linish”

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi hozirda dunyo birlikdan yiroq ekanini ta’kidladi. Gap “Sharq va G‘arbga bo‘linish” haqida ketmoqda.

    Bunga AQSH va Xitoy o‘rtasidagi ko‘plab mavzularda, xususan, inson huquqlari va mintaqaviy xavfsizlikni himoya qilish masalasidagi kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan.

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi bu mavzuda jiddiy muzokaralarni olg‘a siljitish yoki bunda vositachilik qilish imkoniyatini ko‘rmayotganini aytdi. Avvalroq Guterrish o‘z idorasida Ukrainadagi urushni hal qilishda vositachi rolini olishga tayyorligini da’vo qilgan edi.

    Shu bilan birga, u BMT urush tomonlari bilan oziq-ovqat va o‘g‘it eksporti, tinch aholiga yordam ko‘rsatish, asirlarni almashish, yadroviy inshootlar xavfsizligini ta’minlash kabi aniq masalalar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirayotganini ta’kidladi.

    “G‘arb biroz charchagan”

    Ukrainadagi urush mavzusi ko‘plab yuqori martabali forum ishtirokchilarining diqqat markazida bo‘lib qoldi. Shunday qilib, Germaniya kansleri Olaf Shols Kiyevga kerak bo‘lganda yordam berish haqidagi so‘zlarni yana bir bor takrorladi.

    Ammo Ukrainaga Germaniyaning Leopard 2 tanklarini yetkazib berish imkoniyati haqidagi savolga javob berishdan qochdi va “bu urush Rossiya va NATO o‘rtasidagi urushga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini” ta’kidladi.

    Polsha bosh vaziri Mateush Moravetski Kiyev uchun tanklarni tayyorlash va Varshavaning Ukrainani qayta tiklashdagi yetakchi roli haqida gapirar ekan, G‘arb Ukraina atrofidagi vaziyatdan charchaganini ta’kidladi.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya sabrli, G‘arb esa biroz charchaganligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

    Kiyev uchun qurol va kafolatlar

    17-yanvarda Ukrainaning birinchi xonimi forum ishtirokchilariga alohida murojaat qildi. 18-yanvar, chorshanba kuni Vladimir Zelenskiyning o‘zi ham buni amalga oshirib, WEF ishtirokchilariga videoaloqa orqali qo‘shildi.

    U yana bir bor Kiyevning g‘arblik hamkorlariga so‘rovlarini sanab o‘tdi: Ukraina rasmiylari ulardan tanklar va raketaga qarshi mudofaa vositalari yetkazib berilishini kutmoqda.

    “Bizga moliyaviy yordam ham kerak”, — deya qo‘shimcha qildi u Ukrainaning energetika infratuzilmasiga yetkazilgan zarar bilan bog‘liq qiyinchiliklarga ishora qilib.

    Bundan tashqari, Zelenskiy yana Ukrainaning NATOga a’zoligi mavzusini ko‘tarib, Shimoliy Atlantika alyansini kengaytirish jarayonini tezlashtirishga chaqirdi:

    “Biz NATOga qo‘shilmoqchimiz, chunki NATO biz uchun, mamlakatimiz uchun xavfsizlikning eng yaxshi kafolatidir”.

    G‘arb manfaatlari

    Rasmiylarga ko‘ra, G‘arb davlatlari Kiyev rejimini faqatgina Ukraina uchun qo‘llab-quvvatlayotgani yo‘q.

    “Biz buni o‘z manfaatlarimiz uchun qilyapmiz. Ukrainadagi urush AQSHga alyanslarning mustahkamligi haqida o‘ylash nuqtai nazaridan ta’sir qiladi. Shunday ekan, Ukrainani qo‘ldan kelgancha qo‘llab-quvvatlashdan barchamiz manfaatdormiz”, — dedi AQSH Milliy razvedka direktori Avril Xeyns.

    “Putin Ukrainada g‘alaba qozona olmaydi, chunki bu barcha avtoritar rejimlar uchun kuch ishlatish va xalqaro huquqni buzish orqali istalgan narsaga erishish mumkinligi haqida signal bo‘ladi. Bu esa bizni zaiflashtiradi”, — dedi NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg.

    Mavzuga doir:  Jahon iqtisodiy forumining ekspertlari 2023-yilda jahon iqtisodiyotida retsessiya yuz berishini prognoz qildi

    19.01.2023, 19:10   Izoh (0)   22628
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda kartoshkaning yangi navi ixtiro qilindi. Mamlakatda kartoshka yetishtirish bilan bog‘liq vaziyat qanday?

    19.01.2023, 14:54

    Yaponiya 2022-yilni rekord darajadagi savdo kamomadi bilan yakunladi

    19.01.2023, 13:58

    KFC va EVOS yetakchi: 2022-yilda umumiy ovqatlanish sohasida eng ko‘p soliq to‘laganlar ma’lum bo‘ldi

    19.01.2023, 11:22

    Saudi Aramco 2023-yilda neftga bo‘lgan talab barqaror ravishda oshib borishini kutmoqda

    18.01.2023, 22:43

    Global inflyatsiya eng yuqori cho‘qqiga chiqdi — XVJ

    18.01.2023, 22:19

    O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qanday mutaxassislar tayyorlanadi?

    18.01.2023, 21:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “O‘zgidromet” 24-iyulda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 11:40

    Migrantlarni Rossiyaga kirishdan oldin tekshirish va emlash taklif qilindi

    Dunyo | 23 iyul, 11:35

    Mourinyo Portugaliya terma jamoasini boshqarmoqchi

    Sport | 23 iyul, 11:20

    Spilbergni depressiyadan qutqargan, hatto gorillani kuldira olgan buyuk aktyor — Robin Uilyams haqida siz bilmagan 4 ta fakt

    Shou-biznes | 23 iyul, 11:20

    Toshkent havosini ifloslantiruvchi zarralar 23-iyulda 6 baravar oshdi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 11:10

    Hindiston talabalarni O‘zbekistondagi tibbiy oliygohda o‘qimaslikka chaqirdi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 11:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.