Misrning Asvan shahrida mashhur fir’avnlardan biri Ramzes II ning 10 tonnalik haykalini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan uch kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.
Ayblanuvchilar Asvan shahri janubidagi karerda ushlangan. Ular qo‘lda qazish uskunalari va kran yordamida yerda yotgan haykalni ko‘tarib, hududdagi qadimiy ashyolarni qazishni rejalashtirgan. Fir’avn Ramzes II haykalini o‘g‘irlash boy mijoz tomonidan buyurtma qilingan. Buni hibsga olinganlarning mobil telefonlaridan topilgan yozishmalar ham tasdiqlaydi. Ular messenjerda mijoz bilan bog‘lanib, unga o‘zlarining “qazish ishlari” videosini yuborgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)