Jizzax viloyati Forish tumanida ikki nafar shaxs o‘zaro til biriktirgan holda boshqa bir fuqaroning joniga qasd qildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, sudlanuvchilar Spark avtomashinasi haydovchisidan manzillariga yetkazib qo‘yishni so‘ragan. Xilvat joyga yetganda haydovchiga nisbatan kuch ishlatib, joniga qasd qilishgan.
Sudlanuvchilardan biri qasddan jinoyat sodir etishda voyaga yetmagan shaxsni o‘z jinoyatiga sherik qilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “i, p” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sud jarayonida jinoyatchilar o‘z aybiga iqrorligini va pushaymonligini bildirgan. Sud ularning biriga 20 yil, voyaga yetmaganiga esa 14 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.
Izoh (0)