Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Navoiy, Buxoro Toshkent viloyati va Samarqandda sanoatdagi o‘sish sur’ati pastligi ta’kidlandi.
Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazmda ip-kalavani qayta ishlash darajasi pastligicha qolayotgani qayd etildi. Namangan, Samarqand va Navoiyda oziq-ovqat, charm-poyabzal, mebel ishlab chiqarish salohiyati yetarlicha ishga solinmagan.
Umuman, 20 ta tuman va shaharda sanoat ishlab chiqarish hajmi 2021-yilga nisbatan kamaygan. Farmatsevtikada ishlab chiqarish 6 foizga kamaygan, import 2 milliard dollarga yaqinlashdi.
Charm-poyabzal sanoatida tayyor mahsulot eksporti bor-yo‘g‘i 68 million dollarni tashkil etib, bu tarmoq salohiyatiga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Oziq-ovqat sanoatida o‘tgan yilda ishlab chiqarish hajmi atigi 4,5 foizga o‘sgan. Xorazm, Sirdaryo va Qashqadaryoda qayta ishlash quvvatlari pastligicha qolmoqda.
Izoh (0)