O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda xotin-qizlar bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot berdi.
Qayd etilishicha, Afg‘onistonda xotin-qizlarning davlat va xususiy oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishiga taqiq qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabar chuqur tashvish bilan qabul qilingan.
“Afg‘on xalqining tinch va farovon kelajakni barpo etish yo‘lidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qat’iyat belgisi sifatida ushbu qaror qayta ko‘rib chiqilishiga umid qilamiz” — deyiladi vazirlik xabarida.
“Tolibon” harakati 2022-yil dekabr oyi boshida Afg‘onistda ayollarning universitetda tahsil olishini taqiqlab qo‘ygandi. Uch oy oldin Afg‘oniston bo‘ylab minglab qizlar va ayollar universitetga kirish imtihonlarida qatnashgan. Ammo ular o‘rganishi mumkin bo‘lgan fanlarga cheklovlar qo‘yilgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)