Yevropa Ittifoqi Ukrainani, xususan, 2023-yilda ham qo‘llab-quvvatlashda qat’iy turadi. Bu haqda 31-dekabr kuni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Twitter’da ma’lum qildi.
“2022-yilda Rossiya asosiy inson huquqlaridan butunlay yuz o‘girib, Ukraina va global xavfsizlikka hujum qilishga qaror qildi. Yil oxirida Putin o‘zining misli ko‘rilmagan hujumlari bilan yana ukrainaliklarni zulmatga mahkum etishga urindi. Biz 2023-yilda ham Ukraina bilan yonma-yon turishda davom etamiz”, — deb yozadi u.
In 2022, Russia decided to fully abandon commitments to basic human rights and to attack Ukraine and global security
— Josep Borrell Fontelles (@JosepBorrellF) December 31, 2022
At the year's end, Putin tries once again to force Ukrainians into darkness with despicable attacks
We are resolved to continue standing by Ukraine, also in 2023
Rossiya harbiylarining Ukrainaga bosqini boshlanganidan beri Yevropa Ittifoqi Ukrainaga siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va harbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, 2022-yilda Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 19 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatdi, bu esa mamlakatga urush holatida ham o‘z funksiyalarini bajarishga imkon berdi. 2023-yilda Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam berishi kutilmoqda.