Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston viloyatlari markaziy hududlari kesimida 2022-yilning dekabr oyida tayyor palovning o‘rtacha narxlariga oid ma’lumotlarni e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan bo‘lib, bir porsiyasi 26 250 so‘m bo‘lgan. Undan keyingi o‘rinlardan Samarqand (24 667 so‘m), Jizzax (22 333 so‘m) viloyatlari joy olgan. Eng arzon osh esa Namangan viloyatida — bir porsiyasi 15 286 so‘mdan sotilgan.
Barcha hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan bir porsiya palovning o‘rtacha narxlari quyidagicha bo‘lgan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 18 333 so‘m;
- Andijon viloyati — 20 800 so‘m;
- Buxoro viloyati — 21 333 so‘m;
- Jizzax viloyati — 22 333 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 20 250 so‘m;
- Navoiy viloyati — 19 500 so‘m;
- Namangan viloyati — 15 286 so‘m;
- Samarqand viloyati — 24 667 so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 20 000 so‘m;
- Sirdaryo viloyati — 21 000 so‘m;
- Toshkent viloyati — 21 500so‘m;
- Farg‘ona viloyati — 18 250 so‘m;
- Xorazm viloyati — 21 400 so‘m;
- Toshkent shahri — 26 250 so‘m.
Mavzuga doir: Namanganda salkam 6 tonna bayram palovi tayyorlandi (video)