O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov 31-dekabr kuni Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.
TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, Ozarbayjon tashqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidovni yuksak mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabrikladi.
O‘zbekiston—Ozarbayjon ko‘p qirrali strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni faollashtirishga o‘zaro tayyorlik tasdiqlandi.
Vazirlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar va bo‘lajak tadbirlar jadvalini kelishib oldi.
Vladimir Norov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan tashqi ishlar vaziri lavozimdan ozod etilgandi. Baxtiyor Saidov O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri lavozimidan ozod etilib, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.