Namanganda mamlakatda boshlangan ma’muriy islohotlardan kelib chiqib, viloyat hokimligi tizimidagi tuzilmalar, ulardagi mavjud shtat birliklari va ish faoliyati tanqidiy tahlil qilinmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqovning 2022-yil 29-dekabr kungi qaroriga asosan hokimlik huzuridagi davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan 10 dan ortiq tashkilot faoliyati tugatilishi belgilandi.
Ular qatorida “Axsikent” jamg‘armasi, viloyat salohiyatini targ‘ib etish media departamenti, Namangan shahridagi tarixiy obidalarni saqlash direksiyasi, Yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish jamg‘armasi, Hyundai Motors Namangan qo‘shma korxonasi, Nanay qishlog‘ini ekoturizm markaziga aylantirish direksiyasi, Innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi va boshqa tashkilotlar bor.
Viloyat hokimligi mutasaddilarining ma’lum qilishicha, ushbu tashkilot va muassasalar bo‘yicha maxsus komissiya tuzilib, 2023-yil yanvar oyidan boshlab ularni tugatish choralari ko‘riladi.
Mavzuga doir: