“O‘zgidromet” Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol tizmasining Chimyon tog‘larida 2—4-yanvar kunlari qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.
“Tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, hamda dam oluvchilar va tog‘li hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, — deyiladi markaz xabarida.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” 2—4-yanvar kunlari Kavkaz hududlaridan nam havo kirib kelib, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kutilayotganini, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi.