“Toshshahartransxizmat” axborot xizmati Yangi yil bayramini nishonlash kunlari poytaxtda jamoat transporti qay tartibda ishlashini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, transport harakati quyidagicha tashkil etiladi:
- 2-yanvar, dushanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida;
- 3-yanvar, seshanba — 7-yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan qo‘shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 7-yanvar, shanba — 3-yanvar (seshanba) kuniga ko‘chirilgan ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Izoh (0)