• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Shamollaganda bo‘g‘ilib qolgan ovozni qanday tiklash mumkin?

    Shifokorlar bu kasallikni laringit deb ataydi. Ko‘pincha kasallik tomoq og‘rig‘i va yo‘tal bilan namoyon bo‘ladi. Shuningdek, ovoz ham bo‘g‘ilib chiqadi. Ammo davolanish mobaynida ovozni qayta tiklashning iloji bormi? Wday nashri quyida ushbu savolga javob berdi.

    Foto: Wday

    Foto: Wday

    Simptomlar shamollashning boshida ham, to‘liq tuzlagandan bir necha kun o‘tgach ham paydo bo‘lishi mumkin. Laringitning kech namoyon bo‘lishining sababi virusli infeksiyani yoki bakterial asoratni noto‘g‘ri davolashdir. Ovoz xirillashi esa halqum va ovoz paychalarining yallig‘lanishi natijasida paydo bo‘ladi.

    Shamollaganda bo‘g‘ilib qolgan ovozni qanday tiklash mumkin?

    Yallig‘lanishga qarshi dorilar yordamida laringit va bo‘g‘iq ovozni davolash mumkin. Bularga turli xil sprey va dorilar kiradi. Ular infeksiyani yengish va kasallikning barcha ko‘rinishlaridan xalos bo‘lishga yordam beradigan mikroblarga qarshi komponentlarni o‘z ichiga oladi. Tuzalish oldinroq kuzatilsa ham, kamida 5 kunlik kurs bilan davolanishni amalga oshirish kerak. Aks holda laringitning qaytalanishi va og‘irroq shaklda o‘tishi mumkin.

    Davolanish paytida yallig‘langan un paychalariga to‘liq dam berish kerak. Nafaqat qichqirish, balki umuman, shu jumladan, pichirlab gapirish ham mumkin emas. Agar umumiy salomatlik ishga borishga imkon bersa ham, uyda kasallikdan xalos bo‘lish yaxshiroqdir.

    Shamollaganda bo‘g‘iq ovozni davolashda issiqlik ham katta ahamiyatga ega

    Iliq ichimliklar (choy, giyohli damlama, kompot va mevali ichimliklar) ichish va bo‘yinni jun sharf yoki ro‘mol bilan o‘rash kerak. Ushbu barcha choralarni hisobga olgan holda, tuzalish ikkinchi yoki uchinchi kuni sodir bo‘ladi.

    Laringitni xalqona usul bilan davolash

    Bo‘g‘ilib qolgan ovozni davolash uchun xalqona usullarning samarasi ba’zi dori-darmonlardan kam emas. Ular shifokor tomonidan tayinlangan dorilar bilan birgalikda ham, mustaqil terapiya sifatida ham qo‘llanilishi mumkin. Yagona shart shundaki, kasallikning haqiqatan ham davolash uchun mutaxassisning nazorati ostida amalga oshirish yaxshiroqdir.

    Laringitni uy sharoitida davolashning eng mashhur usuli bu tomoqni yuvishdir.

    Buning uchun ichimlik sodasi yoki dengiz tuzining eritmasidan, shuningdek, quyidagi giyohlarning qaynatmalaridan foydalanish mumkin:

    • marmarak;
    • dalachoy;
    • kalendula;
    • moychechak;
    • evkalipt.
    Yaxshi ta’sir qilishi uchun bir nechta giyohar aralashmasidan damlamalarni tayyorlash mumkin. Masalan, yuqoridagi giyohlarni teng nisbatda aralashtirilgan qaynatma juda samarali. Har bir yarim-ikki soatda tomoqni yuvish kerak. Bulyonni oldindan filtrlash va 37-38 daraja haroratgacha sovitish kerak. Bitta protsedura uchun 100 ml suyuqlik yetarli.

    Limon tomoq og‘rig‘i va bo‘g‘iq ovozni davolashda yordam beradi. Sitrusni ingichka bo‘laklarga kesib, har birini 5-10 daqiqa ichida so‘rib yuborish kerak. Jarayonni har yarim soat yoki bir soatda bajarish kerak, ammo shuni esda tutish kerakki, bu davolash usuli sezgir tish emaliga ega odamlar uchun tavsiya etilmaydi.

    Limondan sharbatini siqib, asal bilan aralashtirilsa ham samarali bo‘ladi. Asal va limon sharbati nisbati teng bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Olingan aralashmani issiq choy bilan iste’mol qilish mumkin.

    Yuqoridagi aralashmani aloe sharbati bilan boyitish mumkin. Bundan tashqari, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, lekin juda achchiq va ba’zi odamlarda ko‘ngil aynishi mumkin. Buning uchun bir osh qoshiq asal-limon tarkibiga 5-7 tomchi aloe sharbati kerak bo‘ladi. Olingan aralashmani har ikki soatda qabul qilish kerak. Uni darhol yutib yubormaslik tavsiya etiladi, to‘liq erimaguncha og‘izda saqlanadi.

    Tuxum ham bo‘g‘ilgan ovozni tiklashga yordam beradi. Bir choy qoshiq shakar bilan bitta xom tuxum sarig‘iga ozgina sariyog‘ qo‘shish kerak. Ushbu vositani kuniga 3-4 marta ovqatlanish oralig‘ida iste’mol qilish lozim.

    Bundan tashqari, ingalyatsiya yordamida laringitni davolash mumkin. Buning uchun evkalipt yoki mentol moyidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Harorati 70-80 daraja bo‘lgan suv idishida 3-5 tomchi yog‘ qo‘shish va hamma narsani yaxshilab aralashtirish kerak. Keyin 5-7 daqiqa davomida xushbo‘y bug‘dan nafas olish kerak. Agar nafas og‘iz orqali olinsa, ta’sir yuqori bo‘ladi. Jarayon kuniga 3-4 marta amalga oshirilishi kerak. Kuyib qolmaslik uchun xavfsizlik choralariga rioya qilish muhimdir.

    O‘z vaqtida davolamaslik pnevmoniya, traxeit, otit, sinusit, gaymorit va boshqa kasalliklar kabi asoratlar qoldirishi mumkin. Buning oldini olish uchun dam olish, shuningdek, ko‘p miqdorda suyuqlik iste’mol qilish, xonani ventilyatsiya qilish va havoni namlantirish tavsiya etiladi. Dori vositalaridan  shamollashga, tomoqqa antiseptik va yallig‘lanishga qarshi dorilarni, shuningdek, C vitamini tavsiya qilinadi.

    Mavzuga doir:

    • Grippni tezroq yengish uchun nima iste’mol qilish kerak? Ratsionga kiritish tavsiya etiladigan mahsulotlar
    • Allergik yo‘tal shamollashdan qanday farq qiladi va undan qutulish mumkinmi?
    • Sovuq ob-havoda organizmni energiya bilan ta’minlovchi 8 ta mahsulot

    28.12.2022, 14:57   Izoh (0)   24908
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qizil ikrani yanada ko‘proq iste’mol qilish uchun 4 ta sabab

    28.12.2022, 10:30

    Tumovni qanday qilib tezda davolash mumkin?

    27.12.2022, 20:42

    Nima uchun bosh aylanadi? Kelib chiqish sabablari va davolash choralari

    27.12.2022, 16:47

    Uyqudan oson uyg‘onish uchun nima iste’mol qilish kerak?

    27.12.2022, 09:54

    Immunitetning pasayishiga sabab bo‘luvchi 5 kundalik odat

    26.12.2022, 17:46

    Uzum yordamida vazn kamaytirish mumkinmi: uni ratsionga kiritish uchun 4 ta sabab

    26.12.2022, 15:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.