• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Oziq-ovqat narxlariga ta’sir qiladi: O‘zbekistonning jahon kaliyli o‘g‘it bozoridagi imkoniyatlari qanday?

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi jahon kaliyli o‘g‘it bozori va O‘zbekistonning jahon bozoridagi istiqbollarini tahlil qildi.

    Foto: Nutrien Ekonomics

    Foto: Nutrien Ekonomics

    Kaliy o‘g‘itlari fosfor va azotli o‘g‘itlar bilan bir qatorda o‘simliklar uchun juda muhimdir. Tarkibida kaliy bo‘lgan o‘g‘itlar kaliy rudalaridan olinadi, ular tabiat tomonidan ochiq holda qazib olinadi. Kaliyga boy tuproqda o‘stirilgan o‘simliklardan hosil bo‘lgan mevalar odatda qishda ancha yaxshi saqlanadi.

    Kaliyli o‘g‘itlar o‘simlik uchun ahamiyati jihatidan azot va fosfor o‘g‘itlaridan keyin 3-o‘rinda turadi. Tuproqdagi yetarli miqdordagi kaliy salbiy ob-havo ta’sirining sezilarli darajada zaiflashishiga yordam beradi.

    Paxta, bug‘doy, arpa, sholi, kartoshka, qand lavlagi, kungaboqar, grechka, tariq va boshqa turdagi ekinlar kaliyni iste’mol qilish uchun eng talabchan hisoblanadi.

    O‘rganishlar natijasida 1 tonna kartoshka yetishtirish uchun — 5,6 kg, 1 tonna pomidor — 3,4 kg, 1 tonna piyoz — 3,6 kg, 1 tonna sabzi — 3 kg, 1 tonna poliz ekinlari — 2 kg kaliy o‘g‘itlari sarflanadi.

    Kuchli payvandtaglarda o‘stirilgan bog‘larda har yili gektariga 120 kg azot, 60 kg fosfor va 30 kg kaliy o‘g‘iti solinadi.

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ekinlarining kaliyli o‘g‘itlarga ilmiy asoslangan talabi sof holda 313,6 ming tonnani, shundan sug‘oriladigan maydonlarda paxta va g‘alla ekinlari talabi 173,4 ming tonna yoki umumiy talabning 55 foizini tashkil etadi.

    Kuzatishlar kaliyli o‘g‘it solingan paxtazorning 1 gektaridan hosildorlik 7-8 va g‘allada 14-15 sentnergacha oshganini ko‘rsatgan. 

    Sabzavot va meva ekinlarida kaliy xloriddan foydalanganda mevalarning hosildorligi keskin ortadi. Ularning ta’mi, sifati, xushbo‘yligi va saqlanish sifati yaxshilanadi. Kartoshkada ildiz mevalaridagi kraxmal miqdori ortadi. Qand lavlagi ildizlarida qand miqdori, meva va rezavor mevalarda S vitamini ko‘payadi.

    Jahon kaliy o‘g‘itlari bozori

    Dunyoda aholi sonining ko‘payishi va ekin maydonlarining qisqarishi mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talabning oshishiga olib keladi, bu esa ushbu mahsulot narxi o‘sishining yetakchi omillaridan biridir.

    Foto: “Review.uz”

    Foto: “Review.uz”

    Hozirgi vaqtda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy (jahon bozorining 30 foizdan ortig‘i), AQSH (13 foiz), Rossiya (12 foiz), Hindiston (10 foiz) va Kanada (9 foiz) yetakchi davlatlar hisoblanadi. 

    Mineral o‘g‘itlar jahon bozori azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning 3 ta asosiy segmentini o‘z ichiga oladi. Jahon bozorida azotli o‘g‘itlarning ulushi — 56 foiz, fosfor — 24 foiz va kaliy — 20 foizni tashkil qiladi.

    Kaliyli o‘g‘itlarni eksport qilish bo‘yicha birinchi uchlik mamlakatlar — Kanada (38 foiz), Rossiya (24 foiz) va Belorussiyadir (10foiz). Global kaliy o‘g‘itlari eksportining 70 foizdan ortig‘i ushbu davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

    AQSH (16,6 foiz), Braziliya (16,4 foiz), Xitoy (12,4 foiz), Hindiston (9,04 foiz), Indoneziya (4,52 foiz) kaliyli o‘g‘itlarni import qiluvchi asosiy mamlakatlardir. Dunyo bo‘yicha kaliy o‘g‘itlari importining 50 foizdan ko‘p qismi ushbu mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 

    2021-yilda kaliy o‘g‘itlar bozori 28,53 mlrd dollarni tashkil qilgan bo‘lib, 2026-yilga borib ushbu ko‘rsatkich 35,29 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda. O‘tgan yili dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilgan kaliy mahsulotlari hajmi 69,2 mln tonnaga teng bo‘lgan. 

    Shuningdek, kaliyga bo‘lgan talab 6,2 foiz yoki 2,2 mln tonnaga oshib, 38,5 mln tonnaga yetdi. Bundan tashqari, 2022—2023 va 2025—2026-yillar oralig‘ida global kaliy uchun talabning o‘sish sur’atlari ham yuqori bo‘lishi va umumiy ko‘rsatkich 41,2 mln tonnani tashkil etishi kutilmoqda.

    O‘zbekistonning jahon bozoridagi istiqbollari

    O‘zbekiston mineral o‘g‘itlarni ham eksport, ham import qiluvchi mamlakat hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash ham, mineral o‘g‘itlarni jahon bozoriga eksport qilish hajmini oshirish imkoniyatlari ham jahon bozoridagi vaziyatga bog‘liq.

    2021-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonda sof holda jami 1,5 mln tonna mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarilgan, shundan azotli o‘g‘itlar — 1,2 mln tonna, kaliyli o‘g‘itlar — 197,4 ming tonna, fosforli o‘g‘itlar — 139,9 ming tonna.

    O‘zbekistondagi eng yirik mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi zavodlardan biri Dehqonobod kaliy zavodi bo‘lib, 2021-yil yakuni bilan ushbu zavodda 600,2 mlrd so‘mlik mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarilgan va 2020-yilga nisbatan o‘sish sur’ati 1,9 foizni tashkil qilgan. 

    Shuningdek, sof holda 197,4 ming tonna kaliyli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarilgan bo‘lib, rejaga nisbatan 91,4 foizga teng bo‘lgan.

    2021-yilda 48,8 mln dollarlik kaliy xlorid eksport qilinib, rejaga nisbatan 125,1 foizni tashkil qilgan. 2021-yil yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqarilayotgan kaliy xlorid mineral o‘g‘itining 1 tonnasi uchun ishlab chiqarish tannarxi 727 590 ming so‘mni tashkil qilgan.

    2022 yilning 1-yarim yillik holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan kaliyli o‘g‘itlarning umumiy hajmi 86,6 ming tonna, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamaygan va 91,6 foizga teng.

    So‘nggi 2 yil ichida Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, ya’ni Malayziya va Indoneziya O‘zbekistondan kaliyli o‘g‘itlar eksportining asosiy qismini egallab olishdi. Eksport hajmi Indoneziyaga 30,405 ming dollarni, Malayziyaga 2,908 ming dollarni tashkil etdi.

    Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022-yil oxiriga kelib dunyoda mineral o‘g‘itlar narxi 70 foizgacha oshishi kutilmoqda. Agar narxlar ko‘tarilishi natijasida fermerlar o‘g‘it sotib olish hajmini kamaytirsa, bu 2023-yilda hosil hajmining kamayishiga olib kelishi mumkin. Ushbu holat esa dunyoda oziq-ovqat narxlarining oshishi bilan bog‘liq muammolarni yanada kuchaytirishga sabab bo‘ladi.

    22.12.2022, 21:22   Izoh (0)   12604
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moliya vazirligiga 73,4 trln, Xalq ta’limi vazirligiga 26,7 trln so‘m: O‘zbekistonda 2023-yilda davlat idoralari budjetdan qancha mablag‘ olishi e’lon qilindi

    22.12.2022, 14:48

    O‘zbekiston rossiyaliklar yangi yilda sayohat qiluvchi eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylandi

    22.12.2022, 12:16

    Rossiya va Eron sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun yangi savdo koridorini yaratmoqda

    21.12.2022, 23:44

    Eng ko‘p kartoshka importi: dekabrda O‘zbekiston bozorlaridagi vaziyat qanday o‘zgarmoqda?

    21.12.2022, 23:16

    O‘zbekistonda tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi kamaydi, ko‘mir esa ko‘paydi

    21.12.2022, 02:05

    O‘zbekistondagi yashash uchun eng qulay hududlar reytingi tuzildi

    21.12.2022, 01:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyaliklar Trampning harakatlarini mamlakat xavfsizligiga eng katta tahdid deb bilmoqda — Politico

    Dunyo | 18 iyul, 00:10

    “Rossiya va Xitoy bilan urush 2027-yilda boshlanishi mumkin” — NATO generali

    Dunyo | 17 iyul, 23:55

    Zelenskiy Tramp bilan “mega kelishuv” rejalashtirilayotganini bildirdi

    Dunyo | 17 iyul, 23:45

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    Sport | 17 iyul, 23:16

    Suriyada arab badaviylarining ommaviy qirg‘ini sodir bo‘ldi

    Dunyo | 17 iyul, 23:14

    Pul savdosi: o‘zbekistonliklar banklarga qancha valyuta sotmoqda?

    Iqtisodiyot | 17 iyul, 23:07

    “SSKA” sobiq darvozabonlar murabbiyi: “Fayzullayev ketayotganidan afsusdaman”

    Sport | 17 iyul, 21:35

    AQSH Senati Trampning USAID tashkiloti va ikki OAV xarajatlarini bekor qilish haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi

    Dunyo | 17 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.