Prezident farmoni bilan, Qahramon Quronboyev hamda Qahramon Sariyev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan Quronboyev Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Sariyev esa bunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi lavozimini egallab kelayotgan edi.
Umar Ismailov hamda Ulug‘bek Muxammadiyev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan Ismailov Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Muxammadiyev esa Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Izoh (0)