Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Praysning bayonotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Istanbul hokimi Ekrem Imomo‘g‘li ustidan chiqarilgan sud hukmidan hafsalasi pir bo‘lgan va bundan xavotir bildirmoqda.

Ekrem Imomo‘g‘li

Ekrem Imomo‘g‘li
Foto: AP Photo

“AQSH Turkiya sudining Istanbul hokimi Ekrem Imomo‘g‘li ustidan chiqargan hukmidan qattiq xavotirda va bundan hafsalasi pir bo‘lgan. Uning qoralanishi inson huquqlari, asosiy erkinliklari va qonun ustuvorligiga bo‘lgan hurmatga zid”, — dedi Prays.

AQSH Turkiya hukumatini “haqorat” moddasi bo‘yicha jinoiy ta’qiblarni to‘xtatishga va mamlakatdagi barcha fuqarolarning huquq va erkinliklarini hurmat qilishga, jumladan jamoatchilik muhokamasi uchun ochiq muhitni ta’minlashga chaqiradi, deya qo‘shimcha qildi Davlat departamenti vakili.

14-dekabr kuni Imomo‘g‘li Markaziy saylov komissiyasi vakillarini haqorat qilgani uchun 2 yil-u 7 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. Imomo‘g‘li 2019-yilda munitsipal saylovlarda g‘olib chiqqanidan keyin, bundan avvalgi saylovlar natijalarini bekor qilgan MSK vakillarini “ahmoqlar” deb atagandi, u birinchi saylovlarda ham g‘alaba qozongandi. Ushbu holat bo‘yicha unga nisbatan ochilgan ish bir necha yil davomida ko‘rib chiqilgan.

Qamoq muddatidan tashqari, sud Imomo‘g‘liga siyosiy faoliyatni ham taqiqladi. Avvalroq u 2023-yil iyunida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan prezident saylovida amaldagi davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning ehtimoliy raqiblaridan biri bo‘lishi aytilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan