Marokash terma jamoasi ustozi Valid Regragi JCH—2022 yarim finali Fransiyaga qarshi bahsdan so‘ng (0:2) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Biz bor kuchimiz bilan harakat qildik, shu muhimi. Jarohatlar bor edi, Agerd sal oldinroq, Saissa va Mazraui birinchi bo‘limda jarohatlandi.Marokash terma jamoasi Jahon Chempionati bronza medali uchun Xorvatiyaga qarshi bahs olib boradi.Fransiyadek jamoalarga qarshi o‘yinda istalgan xato qimmatga tushadi. Birinchi bo‘limda mag‘lub bo‘lib, finalga chiqish mumkin emas.
Ikkinchi bo‘limda yaxshiroq harakat qildik, hattoki ikkinchi gol bizni tushkunlikka tushirgan bo‘lsa-da. Biroq bu muvaffaqiyatsizlik shu vaqtgacha qilgan ishlarimizni o‘chirib yubora olmaydi.
Valid Regragi, Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi
Izoh (0)