Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ)da ishlab chiqarilgan va aholi o‘rtasida eng xaridorgir bo‘lgan mahsulot turlari aniqlandi. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Maxsus iqtisodiy zonalarda ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan xilma-xil, sifatli, zamonaviy mahsulotlarning 47 foizdan ko‘prog‘i aholiga sotilmoqda.

Iste’molchilar qanday mahsulotlarni afzal bilishini baholash uchun Iste’molchilarning afzal ko‘rish indeksi (ICP)dan foydalanildi. Ushbu indeks savdo hajmi indeksi, iste’mol narxlari indeksi va tovar zaxiralari qoldiqlari indeksini o‘z ichiga oladi.

Indekslar iste’mol uchun mo‘ljallangan 27 xil mahsulot bo‘yicha hisoblangan bo‘lib, ular ishlab chiqarilgan jami iste’mol mahsulotlarining 81 foizini tashkil etadi. ICP metodologiyasi asosida iste’mol mahsulotlari reytingi tuzib chiqildi.

2022-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, iste’molchilar orasida 11 turdagi mahsulotga talab ortgan. Bu o‘rganilgan mahsulot turlari umumiy miqdorining 40,7 foizi demakdir.

Joriy yilning 9 oyi davomida 15 turdagi mahsulot (o‘rganilgan mahsulot turlarining 55,6 foizi) bo‘yicha savdo hajmi oshgan, 10 turdagi (37 foiz) mahsulot bo‘yicha iste’mol narxlari pasaygan, 9 turdagi (33,3 foiz) mahsulot bo‘yicha esa tovar zaxiralari qoldig‘i kuzatildi.

Foto: PMTI

Foto: PMTI

To‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari, oziq-ovqat, kimyo, metall va mashinasozlik, qog‘oz va shisha mahsulotlari yilning dastlabki oylarida aholi o‘rtasida talab eng yuqori mahsulotlar bo‘ldi.

Yilning birinchi yarmida to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlarining o‘rnini elektrotexnika mahsulotlari egalladi.

2022-yilning 9-oyida farmatsevtika mahsulotlari birinchi o‘ringa ko‘tarildi va iste’molchilarning avtomobillarga qiziqishi ortdi.

Agar ICP subindekslariga e’tibor qaratilsa, 2022-yilning 3 ta choragida savdo indeksi bo‘yicha quyidagi mahsulotlarga talab o‘zgarmagan:

  • avtomobillar va boshqa avtomototransport vositalari;
  • ustara va ustara pichoqlari;
  • gulqog‘ozlar;
  • tagliklar hamda isitish pechlari yetakchi o‘rinlarni saqlab qolgan.

Iste’mol narxlari indeksi bo‘yicha har chorakda mevalar, yong‘oqlar va tayyorlangan yoki konservalangan boshqa mahsulotlar, ustara va ustara pichoqlari, gulqog‘ozlar, isitish pechlarining narxlarida pasayishi kuzatildi.

 

Shuningdek, joriy yilning 3-choragida narxlari pasaygan iste’mol mahsulotlarining turlari yil boshidagiga nisbatan 2 barobar oshdi.

Tovar zaxiralari qoldiqlari indeksi bo‘yicha joriy yilning 9 oyi davomida telefon apparatlari, maishiy elektromexanik mashinalar va konservalangan loviya mahsulotlarining zaxira qoldiqlari kamayishi qayd etildi.

Zaxira qoldiqlarining kamayishi bo‘yicha eng ko‘p mahsulot turi 2-chorakda (mahsulotlarning 12 tur bo‘yicha yoki 44,4 foiz) kuzatildi.

MIZ mahsulotlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishda foydalanilgan Iste’molchilarning afzalliklari indeksi (ICP) mahsulotlarni bozor qanday qabul qilishini baholash, har xil mahsulotlarlar bo‘yicha iste’molchilar nimani ko‘proq afzal bilayotganini kuzatib borish imkonini beradi.

Bu esa iqtisodiyot va aholining ehtiyojlarini qondirishda talab qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha to‘gri qaror qabul qilish, mahalliy bozorlarda iste’mol mahsulotlari narxlarining keskin oshishi va sun’iy taqchillikning oldini olish hamda aholini sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashda yordam beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov