Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ayrim firibgarlar chet elga ishlash uchun yuborishini aytib fuqarolardan 6 ming dollargacha pul olmoqda. Aldanganlar puldan ham, xorijda ishlashdan ham quruq qolmoqda. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig‘i Zohid Asqarov ma’lum qildi

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Zohid Asqarovning ta’kidlashicha, ayrim odamlar chet elga noqonuniy ketishga intilgani ortidan aldanib qolmoqda.

Bu hozirgi kundagi eng og‘riqli muammolardan biri. Vazirlik va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy manbalarida fuqarolarni chet elda ishlashga noqonuniy yuborishga urinayotganlarga aldanib qolmaslik bo‘yicha ogohlantiruvchi axborotlar berib boramiz. Qolaversa, vazirlik saytida qonuniy ishlayotgan xususiy bandlik agentliklari reyestri ham ko‘ratilgan.

O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, hozirda respublika bo‘yicha 7 ta yuridik shaxs xorijda mehnat faoliyatini olib bormoqchi bo‘lgan fuqarolarni ishga joylashtirish huquqiga ega. Ularga vazirlikning tegishli litsenziya berilgan. Qonunda bunday agentliklar ko‘rsatgan xizmatlari uchun fuqarolardan pul olishga haqi yo‘qligi belgilab qo‘yilgan. Ya’ni ular faqat axborot va maslahat xizmatlari uchun BHMning 1 baravari miqdorida, ya’ni 300 ming so‘m pul olishga haqli xolos. Bundan ortiq bir so‘m ham olishga haqli emas.

Afsuski, so‘nggi paytlarda konsalting xizmati, ishchi viza olib berish xizmati, degan turli xil xizmatlarni ko‘rsatish niqobi ostida fuqarolardan 1 million so‘mdan 5-6 ming AQSH dollarigacha pul olish holatlari ko‘paymoqda. Bu borada kelib tushgan murojatlar asosida tekshirishlar o‘tkazib, noqonuniy faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga nisbatan choralar ko‘rilyapti. Ya’ni qonun bilan belgilangan ma’muriy jarimalar mavjud.

Qars ikki qo‘ldan chiqadi. Talab bor joyda taklif bo‘ladi. Fuqarolarga rasmiy agentlik o‘tkazayotgan tanlovlarga kelib, ketinglar deyilsa, to‘g‘ri yo‘l turib, atrofdan boshqa yo‘llarni qidirishni boshlashadi. Bu aslida bepul ko‘rsatiladigan xizmat ekanini doim aytamiz. Agarda shunday holatlar bo‘lsa, vazirlik va agentlikka murojaat qilish zarur. Biz albatta, fuqarolarga noqonuniy ishlayotganlar ustidan huquqni muhofaza qilishuvchi organlarga murojaat qilishga ko‘mak beramiz. Endilikda saytlarda joylashtirilayotgan litsenziyasiz, noqonuniy ishlayotgan yuridik shaxslarni aniqlab, ulardan fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda doimiy ogohlantirib boramiz.

Avvalroq Rossiyada 200 ming nafar o‘zbekistonlik norasmiy ishlayotgani ma‘lum qilingandi.

Izoh

Bunyod Matyokubov

14.12.2022, 20:51

Ассалому алайкум биз бу йил Бандликка кумаклашишдан Сербия республикасига ишлашга боргандин ташки мехнат миграциясидагилар хам хеч сора курмай юзлаган ватандошларимиз ишсиз кайтиб куписини мажбур кайтариб юборишди хаммаси куз буйамачилик

Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylanishda ayblanib, 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Dunyo
AQSH harbiylari mamlakat osmonida uchayotgan Xitoy sharini urib tushirdi. Pekin norozilik bildirdi (video)
Dunyo
“Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan” — Isroil sobiq bosh vaziri Bennet Rossiya prezidenti bilan suhbati haqida gapirib berdi