Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iordaniyaning Jordan Aviation aviakompaniyasi Amman—Toshkent—Amman yo‘nalishida qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Uzbekistan Airports matbuot xizmati

Foto: Uzbekistan Airports matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 14-dekabr kuni ushbu aviakompaniyaning ilk samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

Toshkent va Amman o‘rtasidagi reyslar charter asosida ikki haftada bir marta Boeing-767 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Jordan Aviation — shtab-kvartirasi Ammanda joylashgan Iordaniya aviakompaniyasi. Kompaniya charter reyslarini amalga oshirishdan tashqari, BMT tinchlikparvar missiyalari uchun havo transportini ta’minlovchi muhim aviakompaniya hisoblanadi.

Mavzuga doir: Air Arabia Abu-Dabidan Toshkentga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Fevralda O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarildi?
Mahalliy
“Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” bosh hisobchi o‘rinbosari 15 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Sport
O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston terma jamoasi Shomurodovning goli evaziga Boliviyani mag‘lub etdi