Moskvadan Samarqandga uchgan samolyot noqulay ob-havo sababli Toshkentdagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi. Bu haqda Telegram’dagi “Novosti Tashkentskogo neba” kanali xabar qildi.
Rossiya “Aeroflot” aviakompaniyasining RA-73119 yo‘lovchi reysi noqulay ob-havo sharoiti va aeroport hududi qordan tozalash ishlari sabab yopilgani uchun 9-dekabr kuni Toshkent xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan.
Bundan bir kun avval Uzbekistan Airways’ning Boku va Minskdan Toshkentga uchgan samolyotlari shunday sabab bilan Samarqand aeroportiga yo‘naltirilgandi.
Izoh (0)