Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

7-dekabr kuni Yevroittifoq mamlakatlari vakillari o‘rtasidagi uchrashuv chog‘ida Vengriya tomoni Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi paketiga qarshi chiqdi, shuningdek, Ukrainaga qurol-yarog‘ taqdim etish uchun fondni ikki baravar ko‘paytirish haqidagi taklifni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi. Bu haqda Financial Times nashrining Bryusseldagi manbalari ma’lum qildi, ular Vengriya Yevroittifoqning 27 ta a’zo mamlakatning umumiy roziligini talab etuvchi barcha qarorlarini ataylab to‘xtatib qo‘yganini ta’kidladi.

Foto: Flickr

Foto: Flickr

“Bryussel Vengriyaga pandemiyadan keyingi qayta tiklanish uchun 5,8 milliard dollar hajmidagi moliyaviy ko‘mak va Yevroittifoqdan boshqa mablag‘lar yaqin orada kelib tushmasligini ma’lum qildi. Bunga javoban u o‘zida bo‘lgan eng kuchli qurolni ishga soladi: Yevroittifoqning barcha 27 ta a’zo davlat roziligini talab etuvchi har qanday qaroriga veto qo‘yish”, — deya FT Budapeshtning siyosatini tushuntirib berdi.

Nashr suhbatdoshlari aniqlik kiritishicha, ular Vengriya Yevroittifoqning Ukraina mavzusiga aloqador bo‘lmagan qonunchilik tashabbuslariga nisbatan shunday yondashuvni davom ettirishini kutmoqda. “Radikal qadamlarni kutishimiz lozim, bunga tayyor bo‘lishimiz kerak”, — dedi yuqori mansabli yevropalik diplomat.

6-dekabr kuni Vengriyaning pozitsiyasi tufayli, Yevroittifoq mamlakatlari Ukrainaga 18 milliard yevrolik yordam paketini kelishib ololmadi Vengriya tomoni Ukrainada jangovar harakatlar boshlanganidan buyon shunday siyosiy yo‘nalishga rioya qilib kelmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikalik milliarderning terrorchiga aylangan nabirasi, Atlantikada to‘qnashib ketgan ikki suv osti kemasi va AQSHning birinchi prezidentiga aylangan Vashington.
Dunyo
Fransiyada poyezdda ketayotgan yigit o‘zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi
Sport
“Barselona” MLS vakilini ro‘yxatdan o‘tkazishda 18 soniya kech qolgan