Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha 2022-yilgi Jahon Chempionati davom etmoqda. Ayni vaqtda chorak finalning barcha 8 ishtirokchisi ma’lum bo‘lgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ushbu bosqichga qadar “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted”ning 11 nafardan futbolchisi yetib keldi. Bu klub miqyosidagi eng yuqori natija. Keyingi o‘rindan “PSJ” joy olgan, Parij klubining 8 nafar vakili chorak finalda o‘ynaydi.

Kuchli beshlikdan “Bavariya” va “Ayaks” (7 nafardan) ham joy olgan. Yana sakkizta klubning olti nafardan vakili mazkur bosqichga yetib kelgan.

  • “Manchester Siti” (11)
  • “Manchester Yunayted” (11)
  • “PSJ” (8)
  • “Bavariya” (7)
  • “Ayaks” (7)
  • “Yuventus” (6)
  • “Real” (6)
  • “Tottenhem” (6)
  • “Liverpul” (6)
  • “Arsenal” (6)
  • “Chelsi” (6)
  • “Atletiko” (6)
  • “Sevilya” (6)
Mundialga rekord darajada ko‘p (17) futbolchi yuborgan “Barselona”ning besh nafar vakili musobaqani davom ettirmoqda.

Chorak final o‘yinlari 9 va 10-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirish haqidagi arizalarni alohida-alohida ko‘rib chiqishi mumkin
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi pastladi 
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi