Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH—2022 bahslarida to‘p bilan birga yugurish ko‘rsatkichi bo‘yicha yetakchi bo‘lib turibdi.
35 yoshli futbolchi ortda qolgan to‘rtta o‘yinda to‘p bilan jami 1,187 km masofa bosib o‘tgan. Bu mundial ishtirokchilari orasida eng yaxshi natija.
Keyingi o‘rinlardan Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri (972 metr) va AQSH vakili Kristian Pulishich (965) joy olgan.
Shuningdek, Luka Modrich (Xorvtiya, 917) va Frenki de Yong (Niderlandiya, 898) bu borada top-5 likda.
Mazkur reytingga markaziy himoyachilarning ko‘rsatkichi kiritilmagan.
Izoh (0)