Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Google korporatsiyasi o‘z qidiruv tizimida 2022-yilda butun dunyo bo‘yicha eng ko‘p berilgan so‘rovlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Foto: Shutterstock

Foto: Shutterstock

Eng ommabop so‘rov — Wordle bo‘ldi. U har kuni yangilanadigan o‘yin bo‘lib, unda beshta harfdan iborat so‘zni topish kerak bo‘ladi. Ikkinchi o‘rinda “India vs England” so‘rovi joylashdi, u yozda, kriket bo‘yicha jahon chempionatining yarim final o‘yini chog‘ida trendga chiqqan. Global so‘rovlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni Ukraina egalladi.

Shuningdek, Ukraina “Yangiliklar” yo‘nalishidagi so‘rovlar ichida birinchi o‘ringa chiqdi. Ikkinchi o‘rinda esa Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning o‘limi, uchinchi o‘rinda — AQSHda noyabrdagi oraliq saylovlar natijalari joylashdi.

“Odamlar” kategoriyasi bo‘yicha so‘rovlar ichida aktyor Jonni Depp birinchi o‘rinni egalladi, u bu yil sobiq rafiqasi Ember Xyord (u shu kategoriyada uchinchi o‘rinda) bilan sudlashib, yutib chiqqandi. Ikkinchi o‘rinni esa aktyor Uill Smit egalladi, u “Oskar” marosimida rafiqasining soch turmagi haqida hazil qilgan qiziqchi Kris Rokka musht tushirgandi. To‘rtinchi o‘rinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin joylashdi.

Google foydalanuvchilari sportchilar orasida tennischi Novak Jokovichni, filmlar ichida “Tor: Muhabbat va yashin”ni, seriallar orasida esa “Eyforiya”ni eng ko‘p qidirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj