Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi mamlakatda gaz bosimning pasayishi yoki elektr ta’minotidagi uzilishlar issiqlik tizimiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ta’kidlanishicha, so‘nggi kunlarda hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar yoki gaz bosimining pastligi kuzatilmoqda. Bu holat isitish sifatiga ham ta’sir qilmay qolmagan. Bugungi kunda vazirlik tizimidagi qozonxonalar jami 495 tani tashkil qiladi. 492 tasi mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda ish faoliyatini davom ettirmoqda.

Toshkent, Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida joylashgan 21 ta qozonxonada gaz bosimining me’yorida bo‘lmagani bois iste’molchilar belgilangan parametrlardan past ko‘rsatkichda issiq suv va issiqlik energiyasi bilan ta’minlanishiga sabab bo‘lmoqda. Gaz bosimi me’yorida bo‘lmagani tufayli 3 ta qozonxonani vaqtincha o‘chirishga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lumot uchun, gaz bosimining yetarli emasligi qozonxonalarning avtomatik tarzda o‘chishiga sabab bo‘ladi.Bu holatda issiqlik ta’minoti uchun mas’ul tashkilotlar vaziyatni yaxshilash va favqulodda holatlarning oldini olish uchun o‘zaro hamkorlikda ishlamoqda.

Mutaxassislar muammoli hududlarni aniqlash uchun joylarga borib, issiqlik energiyasini qayta taqsimlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirib bormoqda.

Toshkent shahri borasida aytilsa, poytaxtda ham issiqlik energiyasi “Toshkent issiqlik markazi”, “Toshkent IES” va Veolia Energy Tashkent’ning mahalliy qozonxonalarida tabiiy gazdan foydalangan holda ishlab chiqariladi. Poytaxtning Issiqlik markazi-3, 5 va 9 qozonxonalari faoliyatida ham yuqoridagi holat kuzatilmoqda. Ushbu issiqlik markazlaridan Shayxontohur, Chilonzor va Uchtepa tumanlari aholisi va ijtimoiy obyektlariga issiqlik energiyasi yetkazib beriladi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj