Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bu yil Pokistondan mandarin Markaziy Osiyo bozorlariga nisbatan kech yetkazib berildi. Bu haqda EastFruit xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Odatda u oktabr oyining oxirida noyabr oyining boshida sotuvga chiqar edi. Ammo bu yil meva faqat noyabr oyining oxirida eksport qilindi.

Odatda Markaziy Osiyoda Pokiston mandarinlari kuz va Yangi yil davrida eng arzon, shuningdek, ommaviy ravishda iste’mol qilinadigan meva hisoblanadi. Shu sababli, yetkazib berishda 4-6 hafta kechikish meva iste’molining kamayishiga olib keldi, chunki yil davomida ularning narxi sezilarli darajada oshdi.

Ayni paytda Pokiston mandarinini chakana savdoda 13 ming so‘mga xarid qilish mumkin. Bozorlarda ulgurji narx bir kilogramm meva uchun 11 ming so‘mdan past.

Pokiston mandarinining bozorlarga kirib kelishi barcha turdagi sitrus mevalari va birinchi navbatda mandarinlar narxining pasayishiga olib keldi.

Bungacha ularning chakana narxi kilogrammi uchun 40-50 minggacha yetgan. Ular O‘zbekistonga Xitoy, Turkiya, Eron kabi davlatlar tomonidan yetkazib berilgan.

Ayni paytda boshqa mamlakatlardan import qilingan mandarinlar narxi kilogrammi uchun 20 mingdan pastga tushib ketgan. Bu esa Pokistondan mandarin yetkazib berish kamaygunicha Xitoy, Eron va Turkiyadan importning to‘liq to‘xtatilishiga olib kelishi mumkin.

2021-yilda O‘zbekiston rekord hajmdagi — 35,3 ming tonna mandarin import qilgan, shundan 68 foizi Pokistondan olib kelingan.

Avvalroq global talab zaiflashayotgani sabab dunyoda narxlar pasayishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj