• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Shvetsiya Kurdiston ishchilar partiyasi a’zosini Turkiyaga topshirdi

    Shvetsiya hukumati Turkiya hukumati terrorchilik tashkiloti deb hisoblaydigan Kurdiston ishchilar partiyasiga a’zoligi uchun sudlangan birinchi mahkumni Turkiyaga topshirdi, deb xabar beradi Anadolu agentligi. Shu tariqa, Shvetsiya NATOga qo‘shilishiga Turkiya rozi bo‘lganidan keyin o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga kirishdi.

    Foto: Anadolu Agency

    Foto: Anadolu Agency

    Gap Mahmud Tatning ekstraditsiya qilinishi haqida bormoqda. U terrorchilik faoliyati uchun Turkiyada olti yil-u o‘n oyga hukmk qilingan edi. Turkiya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, u Tunjeli shahrida Kurdiston ishchilar partiyasi faoliyatida qatnashgan. 2015-yilda mamlakatdan qochib ketib, Shvetsiyadan boshpana so‘ragan, biroq unga rad javobi berilgan. 2-dekabr kuni kechqurun Tat Istanbulga keltirilgan, shundan keyin tergov izolyatoriga joylashtirilgan.

    Mahmud Tat 22-noyabr kuni qo‘lga olingan. O‘sha kuni unga qarindoshlari bilan bog‘lanish uchun ruxsat berilmagan. Keyinroq u Shvetsiyada yashaydigan o‘g‘li Ozanga qo‘ng‘iroq qilib, Turkiyaga ekstraditsiya qilinganini va Istanbul aeroporti qoshidagi politsiya bo‘linmasida turganini aytgan.

    Tatning Shvetsiya hukumati tomonidan tayinlangan advokati Abdulla Deverji ekstraditsiya haqidagi ishning qayta ko‘rib chiqilishida yordam so‘rab, ko‘plab shvetsiyalik huquqshunoslarga murojaat qilganini, biroq ular bunga kriishishdan bosh tortganini aytdi.

    Finlyandiya va Shvetsiya NATOga qo‘shilish uchun qachon ariza bergan?

    18-may kuni Finlyandiya va Shvetsiya Ukrainadagi jangovar harakatlar avj olgan bir paytda NATOga qo‘shilish uchun ariza bergan. Turkiya Xelsinki va Stokgolmni mamlakatda taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasi bilan hamkorlikda ayblab, ularning alyansga qo‘shilishga bir muddat to‘sqinlik qildi.

    Shvetsiya va Finlyandiya NATO blokiga qo‘shilishi uchun alyansga a’zo bo‘lgan 30 ta mamlakatning barchasi tegishli bitimni ratifikatsiya qilishi kerak.

    Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ratifikatsiya qilish jarayoni 5-iyul kuni boshlangan. Ularning NATOga qo‘shilishini alyansning 30 ta a’zosidan 28 tasi ratifikatsiya qildi.

    Turkiya nega qarshilik qilmoqda?

    Shvetsiya uzoq vaqtlar mobaynida nafaqat Anqara, balki Vashington va Bryussel tomonidan terrorchilik tashkilotlari deb tan olingan harakatlar a’zolariga boshpana berib kelgan. Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, vaziyat o‘zgardi. Shvetsiya NATOga qo‘shilish uchun ariza berdi, ammo Turkiya bu jarayonga to‘sqinlik qila boshladi.

    Turkiyaning asosiy shartlari, xususan, Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolarini va 2016-yilgi davlat to‘ntarishiga urinishda gumon qilinganlarni Anqaraga ekstraditsiya qilish. Avvalroq Turkiya adliya vaziri Bekir Bozdag Xelsinki va Stokgolmni terrorchilarni ekstraditsiya qilishdan bosh tortishda ayblagan edi. Uning aytishicha, Finlyandiya va Shvetsiya Turkiya tomoni yuborgan ekstraditsiya ro‘yxatidan birorta terrorchini haligacha Anqaraga topshirgani yo‘q.

    Noyabr o‘rtalarida Shvetsiya parlamenti mamlakat konstitutsiyasiga aksilterrorchilik qonunchiligini kuchaytiruvchi o‘zgartirishlar kiritilishini ma’qulladi. Shvetsiya asosiy qonuniga Turkiya sababli tuzatishlar kiritildi, u mamlakatning NATOga a’zo bo‘lishiga haligacha to‘sqinlik qilib kelayotgan edi. Endi Shvetsiyada Anqara terrorchilik tashkilotlari deb hisoblaydigan kurd harakatlari (birinchi navbatda Kurdiston ishchilar partiyasi) bilan bog‘liq shaxslarga nisbatan ish ochish osonroq bo‘ladi. Ma’qullangan o‘zgarishlar 2023-yil 1-yanvarda kuchga kirishi kerak.

    Mavzuga doir:

    • Shvetsiya NATOga qo‘shilish uchun kurdlarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga qaror qildi
    • Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlamayapti
    • Turkiya Finlyandiya va Shvetsiya hali birorta terrorchini Anqaraga topshirmaganini ma’lum qildi

    03.12.2022, 17:18   Izoh (0)   9005
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gretsiyada NATO qurol-yarog‘lari ortilgan poyezd relsdan chiqib ketdi

    03.12.2022, 16:48

    Ukraina elchixonalariga bombalar va hayvonlar a’zolari solingan 18 ta posilka jo‘natilgan

    03.12.2022, 16:24

    Kreml Putinning “safarbar etilganlarning onalari” bilan uchrashuvini qanday tashkillashtirgani ma’lum bo‘ldi

    03.12.2022, 13:59

    Si Szinpin birinchi marta Xitoydagi norozilik namoyishlariga munosabat bildirdi

    03.12.2022, 12:46

    Ilon Mask Jo Baydenning o‘g‘li bilan bog‘liq mojaroning Twitter tomonidan xaspo‘shlanishi bo‘yicha hujjatlarning bir qismini e’lon qildi

    03.12.2022, 11:58

    AQSHda eng yangi “ko‘rinmas” bombardimonchi samolyot taqdim etildi

    03.12.2022, 11:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.