Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

NATOga a’zo mamlakatlarning deyarli barchasi Shvetsiya va Finlyandiyaning alyansga qo‘shilishini ratifikatsiya qildi, bu haqda Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.

Ulf Kristersson

Ulf Kristersson
Foto: Reuters

Stoltenberg, o‘z navbatida, Shvetsiya va Finlyandiyaga bosim o‘tkazilgan taqdirda, ularni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi. Shvetsiya va Finlyandiyaning blokka a’zo bo‘lishini ratifikatsiya qilmagan ikkita mamlakat qoldi, bular — Vengriya va Turkiya.

“Shvetsiya va Finlyandiya qandaydir bosim ostida qolgan taqdirda, ittifoqdoshlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligi aqlga sig‘maydi”, — dedi NATO bosh kotibi. Stoltenberg qayd etishicha, ko‘plab mamlakatlar alyansning potensial yangi a’zolariga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etgan. Kristerssonning aytishicha, Shvetsiya NATOning aksilterrorchilik faoliyatida faol qatnashadi.

NATO Parlament assambleyasi saytidagi ma’lumotga ko‘ra, alyansga yangi a’zolar qabul qilinishini hali Vengriya va Turkiya ratifikatsiya qilishi kerak. Budapesht ushbu masala bo‘yicha yaqin kunlarda ovoz berishi mumkin. Turkiya esa avvalroq bir qator shartlar bajarilgan taqdirdagina bu mamlakatlarning NATOga a’zo bo‘lishiga rozilik bergandi, ular orasida Anqara terrorchilik faoliyatiga aloqador deb hisoblaydigan shaxslarning unga topshirilishi ham bor.

18-may kuni Finlyandiya va Shvetsiya Ukrainadagi jangovar harakatlar avj olgan bir paytda NATOga qo‘shilish uchun ariza bergan. Turkiya Xelsinki va Stokgolmni mamlakatda taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasi bilan hamkorlikda ayblab, ularning alyansga qo‘shilishga bir muddat to‘sqinlik qildi.

Shvetsiya va Finlyandiya NATO blokiga qo‘shilishi uchun alyansga a’zo bo‘lgan 30 ta mamlakatning barchasi tegishli bitimni ratifikatsiya qilishi kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Mahalliy
Qamchiq dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 22-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi