Roberto Martines Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketadi.
“Bu mening terma jamoadagi so‘nggi o‘yinim edi. Hissiyotli lahzalar. Davom eta olmayman.
Futbolchilar va shtab bilan xayrlashdim. Har qanday vaziyatda ketmoqchi edim. JCH—2022 dan avval qaror qabul qilgandim”, — deydi Martines.
Ispaniyalik mutaxassis 2016-yildan buyon Belgiyani boshqarib kelayotgandi. Uning qo‘l ostida terma jamoa JCH—2018 da 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)