Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat statistika qo‘mitasi UNICEF bilan hamkorlikda o‘tkazgan multiindikator klaster kuzatuvlari natijalariga ko‘ra, uy xo‘jaliklarining 81 fozida 17 yoshgacha, 42 foizida 5 yoshgacha bo‘lgan kamida bir bola istiqomat qiladi.

Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

Kuzatuv UNICEF tomonidan ishlab chiqilgan uy xo‘jaliklarining tanlanma kuzatuv xalqaro dasturi bo‘lib, asosan, bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada taqqoslash imkonini beruvchi ko‘p ko‘rsatkichli ma’lumotlarni yig‘iladi, shu o‘rinda, onalar va bolalar bo‘yicha dunyo miqyosidagi eng yirik statistik ma’lumotlar manbasi hisoblanadi.

Multiindikator klaster kuzatuvlari natijalariga asosan, 2—17 yoshdagi bolalarning 3 foizi ko‘zoynak taqadi.

Quyida bolalarga oid yana bir nechta raqamlar taqdim etiladi.

Bolalarning 3 foizi biologik ota-onalari bilan birga yashamaydi.

17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 79 foizi oilada ota-onasi bilan, 16 foizi faqat onasi bilan, 2 foizi esa faqat otasi bilan birga yashaydi. Bolalarning 3 foizi biologik ota-onalari bilan birga yashamaydi.

O‘zbekistonda otalarning 5 foizi farzandlarining ta’lim jarayonida ishtirok etadi.

Ortiqcha vaznli bolalar 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar umumiy sonining 5 foizidan kamrog‘ini tashkil qiladi (o‘gil bolalar orasida 5 foiz va qizlar orasida 4 foiz).

Ona suti bilan oziqlanish va bo‘y

Kuzatuv natijalariga ko‘ra:

  • 40 foiz ayollar tug‘uruqdan so‘ng bir soat ichida farzandini ko‘krak suti bilan oziqlantirgan;
  • har 4 chaqaloqdan faqat bittasi (25 foiz) 6 oygacha faqat ona suti bilan oziqlangan.
Shuningdek, 21 foiz tug‘uruqlar kesarcha kesish jarrohlik amaliyoti yordamida amalga oshirilgan.

5 yoshgacha bo‘lgan 7 foiz bolalarning bo‘yi esa o‘sishdan ortda qolgan. Bu ko‘rsatkich 2006-yilgi kuzatuv natijalariga (14,6 foiz) nisbatan 2 barobarga pasaygan.

Ma’lumot o‘rnida, MICS kuzatuvlari 1995-yildan boshlab 2022-yilga qadar dunyo mamlakatlari o‘rtasida 118 ta davlatda 349 marotaba o‘tkazilgan bo‘lib, O‘zbekistonda esa uchinchi bor tashkil etildi. O‘zbekistonda MICS kuzatuvi tanlab olingan 556 ta mahallada joylashgan 15 mingdan ortiq uy xo‘jaliklarida joyiga chiqqan holda respondentlar bilan suhbatlashish orqali yig‘ildi.

MICS natijalari bo‘yicha shakllantirilgan ma’lumotlar joriy yilning noyabr–dekabr oylarida Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-sayti (www.stat.uz) hamda UNICEF’ning (www.mics.unicef.org) veb-saytiga joylashtiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov tergov hibsxonasida vafot etdi
Dunyo
Turkiyada 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi
Dunyo
Moskva metrosidagi eng yirik terakt, Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan Gitler va 25 yoshida Britaniya taxtiga o‘tirgan Yelizaveta. Kun xronologiyasida 6-fevra...