Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat statistika qo‘mitasining YuNISEF bilan hamkorlikda o‘tkazgan Multiindikator klaster kuzatuvlari natijalariga ko‘ra, uy xo‘jaliklarining 81 foizida 17 yoshgacha, 42 foizida 5 yoshgacha bo‘lgan kamida bir nafar bola istiqomat qiladi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Shuningdek, 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 79 foizi oilada ota-onasi bilan, 16 foizi faqat onasi bilan, 2 foizi esa faqat otasi bilan birga yashaydi. Bolalarning 3 foizi biologik ota-onalari bilan birga yashamaydi.

Avvalroq qo‘mita bolalar salomatligi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, 5 yoshgacha bo‘lgan 7 foiz bolalarning bo‘yi esa o‘sishdan ortda qolgan. Bu ko‘rsatkich 2006-yilgi kuzatuv natijalariga (14,6 foiz) nisbatan 2 barobarga pasaygan.

Ortiqcha vazn 5 yoshgacha bolalarning 5 foizida (o‘g‘il bolalar 5 foiz, qiz bolalar 4 foiz) kuzatilmoqda. 2006-yilda o‘tkazilgan MIKS kuzatuvida bu ko‘rsatkich 7 foizni tashkil etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov