Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ekspatlarning yashashi va ishlashi uchun eng qulay va noqulay shaharlar reytingi tuzildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

 

Ekspat — o‘z davlatidan tashqarida yashovchi mutaxassis. Uning mehnat migranti va muhojirdan farqi — yuqori malakaga egaligi. Odatda ekspatlar Sharq davlatlarda yashovchi g‘arblik fuqarolar bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uchta alohida qit’adagi uchta turli shahar ekspatlar uchun yashash va ishlashda eng yaxshi joylardir.

InterNations Expat City Ranking 2022 ro‘yxatida Ispaniyaning Valensiya shahri birinchi o‘rinni egalladi. Bu shaharda yuqori hayot sifati, jamoat transporti va sport imkoniyatlari kengligi ekspatlarni to‘liq qanoatlantirgan.

Reytingning ikkinchi o‘rnida Dubay joylashgan. Bu shaharga yangi kelganlar tez moslashib keta olgani uchun, u ekspatlar tomonidan yuqori baholanadi.

Meksikaning Mexiko shahri reytingda uchinchi o‘rinni egallagan. Bunga sabab esa shaharda yashash xarajatlari nisbatan arzon ekanligi hisoblanadi.

Ro‘yxatdan joy olgan 50 ta shaharda eng so‘nggi o‘rnini Janubiy Afrikaning Yoxannetsburg shahri egallagan. So‘rovda qatnashganlar shaharni arzon va xavfli deb topdi.

 

49-48-o‘rinlarni esa Germaniyaning Frankfurt va Fransiyaning Parij shaharlari egallagan bo‘lib, ularda uy-joy narxlari juda ham baland.

Mayami Shimoliy Amerikadagi eng yuqori reytingdagi shahar bo‘lib, 12-o‘rinda turibdi. Nyu-York 16-o‘rinda, Toronto esa 19-o‘rinda. Buyuk Britaniyaning London shahri esa 40-o‘rinda.

Osiyo bo‘yicha esa Bangkok o‘zining arzon yashash sharoiti tufayli oltinchi o‘rinni egalladi, Melburndagi ish va hayot balansi sakkizinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, Singapur birinchi o‘ntalikni yakunladi.

InterNations reytingni tuzishda 181 mamlakat yoki hududda yashovchi 11 970 nafar ekspatdan ma’lumot to‘pladi.

Yashash va ishlash uchun eng qulay shaharlar top 10 reytingi:

  1. Valensiya, Ispaniya;
  2. Dubay, BAA;
  3. Mexiko Siti, Meksika;
  4. Lissabon, Portugaliya;
  5. Madrid, Ispaniya;
  6. Bangkok, Tailand;
  7. Bazel, Shveysariya;
  8. Melburn, Avstraliya;
  9. Abu-Dabi, BAA;
  10. Singapur.

Ushbu reytingda eng quyida joylashgan 10 shahar:

  1. Rim, Italiya;
  2. Tokio, Yaponiya;
  3. Vankuver, Kanada;
  4. Milan, Italiya;
  5. Gamburg, Germaniya;
  6. Gonkong, Xitoy;
  7. Istanbul, Turkiya;
  8. Parij, Fransiya;
  9. Frankfurt, Germaniya;
  10. Yoxannesburg, Janubiy Afrika.

Avvalroq chet elliklar uchun dunyoning eng arzon shaharlari ma’lum bo‘lgani, Toshkent ro‘yxatda 7-o‘rinda ekanligi haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi