Daryo

Chet elliklar uchun dunyoning eng arzon shaharlari ma’lum bo‘ldi. Toshkent 7-o‘rinda

O‘zbekiston poytaxti 2018-yilda ekspatlar uchun eng arzon shahar deb e’lon qilingan edi. 2019-yilda esa u bu o‘rnini yo‘qotdi

1 daqiqa o‘qish21 904 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Toshkent ekspatlar uchun eng arzon shaharlar orasida 7-o‘rinni egalladi. Bu haqda Inson resurslarini o‘rganish bo‘yicha dunyodagi eng yirik konsalting tashkiloti Mercer hisobotidan ma’lum bo‘ldi. 

Foto: “Daryo”

Ekspat — o‘z davlatidan tashqarida yashovchi mutaxassis. Mehnat migranti va muhojirdan farqi — yuqori malakaga egaligi. Odatda ekspatlar Sharq davlatlarda yashovchi g‘arblik fuqarolar bo‘ladi.

Reytingda eng qimmat shahar deb Gongkong qayd etilgan. Undan keyingi o‘rinlarni Shveysariyaning 4 ta shahri — Zyurix, Jeneva, Bazel va Bern egallagan. 

Toshkent 2018-yilda ekspatlar uchun eng arzon shahar deb e’lon qilingan edi. 2019-yilda esa u bu o‘rnini yo‘qotdi. Shundan beri O‘zbekiston poytaxti ekspatlar uchun qimmatlashib bormoqda. 

Bu safargi eng arzon shaharlar ro‘yxatida Anqara birinchi o‘rinni egalladi. Bu borada o‘nlikda Turkiyaning yana bir shahri Istanbul 6-o‘rinda ko‘rsatilgan. 

Qirg‘izistonning Bishkek va Tojikistonning Dushanbe shaharlari mos ravishda 2- va 3-o‘rinda qayd etilgan. Qozog‘istonning Olmaota shahri ekspatlar uchun dunyoning to‘qqizinchi eng arzon shahari bo‘ldi.

Avvalroq ishlash-yashash muvozanati bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi shaharlar e’lon qilingandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar