Markaziy bank O‘zbekistonning qaysi hududlarida narxlar ko‘proq o‘sganini ma’lum qildi. 2022-yilning oktabr oyida yillik inflyatsiya darajasi 12,2 foizni, oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasi esa 15,9 foizni tashkil etdi.
Hududlar kesimida, 7 ta hududda umumiy va oziq-ovqat inflyatsiya ko‘rsatkichlari mamlakat bo‘yicha o‘rtacha inflyatsiyadan balandroq bo‘ldi.
Umumiy inflyatsiya qolgan hududlarga nisbatan balandroq bo‘lgan hududlar:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Navoiy;
- Farg‘ona;
- Sirdaryo;
- Surxondaryo;
- Buxoro viloyatlari;
- Toshkent shahri.
Oziq-ovqat narxlari o‘sishi sur’atlari qolgan hududlarga nisbatan yuqoriroq hududlar:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Surxondaryo;
- Sirdaryo;
- Navoiy;
- Andijon;
- Namangan;
- Farg‘ona viloyatlari.
Avvalroq O‘zbekistonda 2023-yilda meva va sabzavotlar narxi jiddiy o‘sishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)