• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyalik mansabdorlar bahordayoq Ukrainaga yadro zarbasi berishni muhokama qilgan — Newsweek

    Rossiya rasmiy shaxslari bahordayoq Ukrainaga qarshi urushda Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan yadro quroli qo‘llanilishi salohiyatini muhokama qilgan. Bu haqda Newsweek xabar bermoqda.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bunday suhbatlar bo‘lgani haqida nashr rossiyalik huquq himoyachisi, “Gulagu.net” aksilkorrupsion sayti rahbari Vladimir Osechkin yordamida qo‘lga kiritgan elektron xatlar darak bermoqda. Osechkinning elektron pochtasiga Rossiya Federal xavfsizlik xizmatidagi “O‘zgarishlar shamoli” taxallusli informator Kremlda va uning kuch tuzilmalarida yuz berayotgan voqealar haqida ma’lumot yuborib turgan. Xatlar Putin Rossiya o‘z “hududiy yaxlitligi”ni himoya qilish uchun yadro qurolidan foydalanishga tayyorligini aytib tahdid qilishidan bir necha oy avval kelib tushgan.

    Nashr qayd etishicha, informator o‘shandayoq Putin bunday ish tutishiga shubha bildirib, u holda Rossiya “ham to‘lqin ta’siriga tushishi”ni aytgan. Qo‘shni Ukraina bilan nizo “mantiq va sog‘lom aqldan tashqarida” bo‘lsa-da, munozaralarda qatnashganlarning barchasi, yadro quroli qo‘llanilishini nazarda tutib, “ochiqdan-ochiq tentaklik amalga oshirilmasligi”ga umid qilgan. Bundan tashqari, “O‘zgarishlar shamoli” ta’kidlaganidek, Ukrainaga qarshi taktik yadro qurolining qo‘llanilishi ham dushmanlar, ham betaraf mamlakatlar ko‘z o‘ngida “Rossiyaning mag‘lubiyati”ni anglatgan bo‘lardi.

    “Mahalliy ziddiyat uchun bunday kuchli asos harbiy zaiflikni namoyish qilgan bo‘lardi, uni hatto harbiy muvaffaqiyat ham o‘chirib tashlay olmasdi”, — deb yozadi FXXdagi informator.

    Bundan tashqari, u taxmin qilishicha, Putin yadro zarbasi haqida farmon berishga urinsa, Kremldagi qo‘mondonlik zanjiri unga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shu bilan birga, nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Putinning o‘zi bu muhokamalarda qatnashmagan.

    “U generallarning fikrlaridan qat’iy nazar, bunday quroldan foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilishi mumkin bo‘lgan yagona kishidir. Biroq bunday muhokamalar bo‘lganining o‘zi Oq uyda xavotirlar uyg‘otadi”, — deb yozadi Newsweek.

    AQSH prezidenti Jo Bayden kuzda yadroviy “Armageddon” xavfi 1962-yilgi Kuba raketa inqirozidan buyon eng yuqori darajaga yetganini aytgandi, o‘shanda ko‘pchilik yadroviy urush muqarrarligidan xavfsiragandi. Biroq Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Vashington va Moskva Rossiya tomonidan yadro quroli qo‘llanilishi salohiyati atrofidagi bayonotlarni susaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borganini aytdi.

    Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida yadro quroli qo‘llanilishi haqidagi suhbatlar yuzasidan Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) Yevropa dasturi direktori Maks Bergmann o‘z fikrini bildirdi. Uning aytishicha, hozir Putin “bu ziddiyatni o‘zgartirishga urinish uchun qandaydir usul qidirmoqda”.

    “Agar siz Rossiyadek bir davlat rahbari bo‘lsangiz, bir tomondan buyuk davlat maqomini olish uchun da’vongiz bo‘lib hisoblanuvchi, ikkinchi tomondan esa ayni paytda dolzarb bo‘lmagan yadro qurolining bunday katta zaxirasi sizni qayg‘uga solishi mumkin, chunki ulardan haqiqatda foydalana olmaysiz. Qilishingiz mumkin bo‘lgan yagona narsa — ularni qo‘llash bilan tahdid etish”, — dedi Bergmann.

    Shu bilan birga, uning ogohlantirishicha, agar Ukraina ahamiyatli muvaffaqiyatlarga erishishda davom etib, Qrimga yaqinlashsa, Rossiya chinakamiga yadroviy tahdidlariga qaytishi mumkin.

    Amerikalik mansabdorlar Rossiya kuchlari yadro qurolini bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tayotgani yoki zarbaga tayyorlanish uchun boshqa taktik choralar ko‘rayotganidan darak beruvchi dalillarni ko‘rmayotganini aytdi. Ayni vaqtda Bayden ma’muriyatidagi manbalar da’vo qilishicha, AQSH amaldorlari Putinning gaplaridan tinchlanmagan. Ularning fikricha, Moskva Ukrainadagi kuchlari va konvension qurollarini bitirib tugatsa, yadro qurolini qo‘llash xavfi oshadi.

     

    Mavzuga doir:

    • Rossiyaning raketa zarbalari yadroviy falokatga olib kelishi mumkin — The Guardian
    • Oq uy Rossiya Ukrainada kimyoviy qurol qo‘llashi mumkinligidan xavotirda — Politico
    • Baydenning maslahatchisi Putinga yaqin odamlar bilan Ukraina va yadroviy qurollar haqida yashirin muzokaralar olib borgan — WSJ
    29.11.2022, 12:27   Izoh (0)   15698
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Suriyadagi kurdlar Rossiyadan hududlarini himoya qilishda yordam so‘radi

    29.11.2022, 11:55

    Ramzan Qodirovning qizi Xadijat Chechenistonning oliy mukofoti bilan taqdirlandi

    29.11.2022, 11:12

    Gavayida dunyodagi eng katta Mauna Loa vulqoni otilishni boshladi (foto va video)

    29.11.2022, 11:10

    Eron hukumati namoyishlarda 300 dan ortiq odam halok bo‘lganini ma’lum qildi

    29.11.2022, 10:37

    Turkiya Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga qo‘shilishiga haliyam qarshi ekanini bildirdi

    29.11.2022, 10:23

    Vladimir Putin Qozog‘iston prezidentiga gaz sohasida hamkorlik qilishni taklif qilgani ma’lum bo‘ldi

    29.11.2022, 10:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Patrul-post xizmati va profilaktika inspektorlariga qo‘shimcha vakolatlar berilishi mumkin

    O‘zbekiston | 16 iyul, 08:27

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.