Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Litva prezidentining ta’lim bo‘yicha maslahatchisi Jolanta Urbanovich respublikada rus tilini chet tili sifatida o‘qitishdan voz kechishni taklif qildi. Bu haqda Delfi nashri xabar bermoqda.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Urbanovich talabalarga chet tillari sifatida – fransuz, nemis va boshqa tillarni tanlash imkoniyatini ta’minlash zarurligini, buning uchun esa mamlakatga o‘qituvchilar kerakligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Litvada ko‘plab maktab o‘quvchilari hanuz rus tilini tanlamoqda, ammo bu tendensiya o‘zgarmoqda. “Albatta, bu yerda vazirlikning vazifasi bu muvozanatni ta’minlash uchun tanlovni o‘zgartirish”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Nashr Litva ta’lim vazirligi ma’lumotlariga tayanib, joriy o‘quv yilida eng ko‘p talaba (15 ming) rus tilini ikkinchi chet tili sifatida tanlaganini qayd etdi.

Avvalroq Latviya prezidenti Egils Levits rus tilini okkupatsiya sarqiti deb atagandi. Uning fikricha, rus tili tez orada boshqa xorijiy tillar tomonidan respublikadan siqib chiqariladi. U, shuningdek, rasmiylarni Yevropa Ittifoqi tillarining tarqalishiga yordam berishga chaqirdi.

Shuningdek, Estoniya 2030-yilgacha rus maktablarini eston tilida o‘qitishga o‘tkazmoqchiligi xabar berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi
Dunyo
“Ikkinchi Chernobil” — Dunaydagi ekologik halokat, qimmatbaho kartinalar ortilgan Boeing’ning bedarak yo‘qolishi va Gandiga uyushtirilgan suiqasd. Kun xronologiyas...
Moliya
Chorva mollaridan avtomobilgacha: nega o‘zbekistonliklar o‘z jamg‘armalarini bankda saqlamaydi?