Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 26-noyabr kuni ekspress avtobusda yong‘in chiqqani aks etgan fotolar e’lon qilingandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Unga ko‘ra, 26-noyabr kuni soat 15:02 da Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida ekspress yo‘nalishida Mashinasozlar bekatiga harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz avtobusida yong‘in yuzaga kelgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Zudlik bilan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan vaqtda yong‘in haydovchi tomonidan birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari orqali bartaraf etilgani ma’lum bo‘lgan. Yong‘in sabab avtobusning motor qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ma’lumot uchun, 23-noyabrdan TTZ — Mashinasozlar metrosi yangi ekspress avtobus yo‘nalishi harakatlanishni boshladi. Ushbu yo‘nalishda avtobus faqat 4 ta — TTZ bozori, Buyuk ipak yo‘li metrosi, Shifokorlar malakasini oshirish instituti, Ashxobod bog‘i bekatlarida to‘xtaydi va Mashinasozlar metrosigacha harakatlanadi.

Yo‘l haqi 2 500 so‘mni tashkil etib, yo‘lovchilarga 5 ta Mercedes-Benz 5 avtobusi xizmat ko‘rsatadi.

Mavzuga doir: Toshkentda yo‘lga qo‘yilgan ekspress avtobuslarning tomi bo‘yalmaganiga izoh berildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
Chorva mollaridan avtomobilgacha: nega o‘zbekistonliklar o‘z jamg‘armalarini bankda saqlamaydi?
Mahalliy
Nukusda gaz portlagan uy vayronalari ostidan 5 yoshli qizaloq qutqarildi, bir kishining jasadi topildi 
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar