Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyati Bo‘ston tumanida 26-noyabr kuni odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, holat shu kuni soat 9:30 larda Bo‘ston tumani hududidan o‘tgan Toshkent—Andijon—O‘sh xalqaro ahamiyatga ega A-373 avtomobil yo‘lining 391-kilometrida yuz bergan. Isuzu avtobusi yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda qarama-qarshi yo‘nalishda chiqib harakatlangan. Shunda qarshisida kelayotgan Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida avtobus salonida bo‘lgan yo‘lovchilar tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Keyinchalik Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar qilishicha, to‘qnashuv natijasida jami 41 nafar fuqaro jarohat olgan, shulardan 3 nafari voqea joyida vafot etgan.

38 nafar yo‘lovchi turli xil jarohatlar bilan Bo‘ston tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga olib kelingan. Ularning holati zudlik bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratiga olingan.

Bemorlardan 3 nafarida ushbu ixtisoslashgan brigadalar tomonidan jarrohlik amaliyoti bajarilgan. Barcha jabrlanganlar birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, jarohat og‘irligiga ko‘ra, Bo‘stondan Shahrixondagi qo‘shma shikastlanishlar markaziga 17 nafari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga 10 nafari tez yordam mashinalari orqali yetkazilgan.

“Ayni paytda ularga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori D.To‘laganov boshchiligida voqea joyiga tezkor yetib borgan brigadalar tomonidan tegishli davolash standartlari asosida chuqurlashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Hozir Bo‘ston tumani shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida 11 nafar bemor davolanayotgan bo‘lib, ulardan 3 nafarida jarrohlik operatsiyalari o‘tkazilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?