Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kechki murojaatida aytishicha, Xerson shahri hamda Xerson viloyatidagi Rossiya harbiylari tark etgan boshqa aholi punktlarining o‘qqa tutilishi — “yengilganlarning qasosi”dir.

“Ular jang qilishga qodir emas. Ular hozircha qodir bo‘lgan yagona narsa — terror qilish (qo‘rqitib o‘z hukmini o‘tkazish). Energetika terrori yoki artilleriya terrori, yoki raketa terrori — mana Rossiya hozirgi rahbarlari davrida qanday darajagacha tanazzulga yuz tutdi”, — dedi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti kechki murojaatida Rossiyaning raketa zarbalaridan keyin avariya xizmatlari va boshqa tuzilmalar elektr ta’minotini iloji boricha tezroq qayta tiklash uchun olib borayotgan sa’y-harakatlarga alohida urg‘u berdi. Bundan tashqari, Zelenskiy Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan ittifoqchilar bilan muzokaralar haqida gapirib berdi.

Rossiya qo‘mondonligi noyabr boshida Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida o‘zlari egallab olgan hududlardan, shu jumladan, Xersondan chekinayotganini e’lon qilgandi. 11-noyabr kuni Xerson ozod etildi. Shundan keyin shahar Rossiya qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilayotgani haqida har kuni xabar berilib kelmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi