Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina va Rossiya vakillari 17-noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida uchrashib, harbiy asirlarni qaytarish evaziga rus o‘g‘itlarini yetkazib berishni qayta tiklash masalasini muhokama qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Ma’lum qilinishicha, gap Rossiya ammiakini Ukrainaning Tolyatti—Odessa quvuri orqali eksport qilish haqida ketmoqda. Kiyev va Kreml o‘rtasidagi muzokaralar Ukrainadan g‘alla koridori faoliyatiga qo‘yilgan to‘siqlarni hal qilishga ham qaratilgan.

BAA muzokaralarda vositachilik qilgan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) esa vakillik qilmagan. Garchi tashkilot Ukrainaning uchta portidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarda markaziy rol o‘ynaydi. Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Vasiliy Bodnar ukrainalik harbiy asirlarni ozod qilish haqiqatan ham Rossiyaning ammiak eksportini qayta tiklash bo‘yicha muzokaralarning bir qismi ekanini aytdi.

“Albatta, imkon qadar harbiy asirlarni qaytarish yo‘llarini izlayapmiz”, — deb izoh berdi u.

Biroq Bodnar Abu-Dabidagi uchrashuvdan xabardor emasligini ma’lum qildi. Hozirda OAV muzokaralar qanday yakun topgani va uchrashuvda qanday kelishuvlarga erishilganini aniqlay olmadi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy noyabr oyida Rossiya rahbari Vladimir Putin to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni xohlayotgani, ammo u ommaviy muzokaraga rozi bo‘lishini ma’lum qilgandi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa hech qanday ommaviy muzokara o‘tkazilmasligini e’lon qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi