Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Manchester Yunayted” egalari klubni sotishga tayyorliklari haqida ma’lum qildi.

Foto: Manchester Evening News

Foto: Manchester Evening News

Klub matbuot xizmati “rivojlanishning muqobil strategiyasini o‘rganish jarayoni” boshlanganini ma’lum qildi. Bu jarayonda “Manchester Yunayted” direktorlar kengashi klubga yangi investitsiya jalb qilish, klubni sotish yoki boshqa kelishuvlarga oid barcha variantlarni ko‘rib chiqadi.

Qayd etilishicha, ushbu jarayonda klubni rivojlantirishga qaratilgan bir nechta loyiha, xususan, “Old Trafford”ni ta’mirlash, infrastrukturani yaxshilash va tijoratga oid loyihalarni ko‘paytirish kabilar muhokama qilinadi.

Shu bilan birga ushbu vaziyat qaysidir loyihaning amalga oshirilishi yoki “Manchester Yunayted”ning sotib yuborilishini kafolatmasligi aytilgan.

Klub Gleyzerlar oilasiga tegishli. Amerikalik oila 2005-yilda 790 million funt evaziga “Manchester Yunayted”ni sotib olgandi. Ayni vaqtda jamoaning bozor narxi 1,81 milliard funtga teng. Avvalroq Gleyzerlar klubni sotish borasida 5 dan 9 milliard funtgacha bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligi xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov