O‘zbekistonda 22-noyabr kuni 96 kishida koronavirus qayd etildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Yangi kasallanish holatlarining
- 6 nafari Buxoro viloyatida,
- 12 nafari Namangan viloyatida,
- 4 nafari Samarqand viloyatida,
- 1 nafari Xorazm viloyatida,
- 16 nafari Toshkent viloyatida,
- 57 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda virusga qarshi emlash jarayoni davom etmoqda. Sanitariya-epidemiologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 22-noyabr kuni respublika bo‘ylab koronavirusga qarshi 55 390 doza vaksina qo‘llandi.
Izoh (0)