• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonning “xavfsizlik yostig‘i” ketma-ket to‘rtinchi oy kamaydi

    2022-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 32,3 mlrd dollarni tashkil qildi.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    Zaxiralar o‘tgan oyga nisbatan 1,2 mlrd dollarga kamaydi. Ular asosan oltin va xorijiy valyutadan iborat. Oktabr oyida oltin zaxiralari deyarli o‘zgarmagan bo‘lsa, valyuta zaxiralari keskin kamaydi:

    • valyuta — 1,2 mlrd dollarga kamaydi (umumiy 10,3 mlrd dollar);
    • oltin — 30 mln dollarga ko‘paydi (umumiy 21 mlrd dollar).

    Oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket to‘rtinchi oy kamaymoqda. O‘zbekiston zaxiralarida taxminan 400 tonna oltin bor. 

    Avgust va sentabr oylarida bu ko‘rsatkich ko‘paygan bo‘lsa-da narxlar pastligi tufayli zaxiralar ham kamaygan edi. O‘tgan oyda narxlar ko‘tarila boshladi va zaxiralar ham 10 tonnaga oshdi. 

    Bloomberg e’lon qilgan maqolada ta’kidlanishicha, O‘zbekiston AQSH va Xitoy davlat qarzlarini sotib olish orqali zaxiralardagi oltin ulushini 50 foizdan pasaytirmoqchi edi. Buning o‘rniga mamlakat o‘zining 32 milliard dollarlik zaxiralaridagi qimmatbaho metall ulushini 65 foizga yetkazdi.

    Biz G‘aznachilikka sarmoya kiritish haqida o‘yladik, lekin bozorning o‘zi bunga yo‘l qo‘ymadi, — dedi O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev.

    Jahonda oltin narxi qanday?

    Sentabr oyining oxirida oltin narxi 2020-yil aprelidan beri birinchi marta bir troya unsiyasi uchun 1,63 ming dollargacha pasaygan edi. O‘shanda nafaqat oltin, balki boshqa qimmatbaho metallar ham AQSH Federal rezerv tizimining asosiy stavkani oshirishi fonida arzonlagan edi.

    Noyabr o‘rtasiga kelib esa oltin narxi ko‘tarila boshladi va uch oylik eng yuqori darajaga chiqdi — 1,78 ming dollargacha. Oltin narxi o‘sishining asosiy omili dollarning zaiflashishi hisoblanadi. Dollarning oltita asosiy jahon valyutasiga nisbatan kursi 15-noyabr kungi savdo paytida 0,8 foizga pasaygan.

    Ayni paytda oltinning bir unsiyasi uchun narx 1 750 dollar atrofida shakllanmoqda.

    Oltin zaxiralari nima uchun kerak?

    Oddiy til bilan aytganda, bu sug‘urta, davlatning “xavfsizlik yostig‘i”. Zaxiralar dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida favqulodda vaziyatlar uchun mavjud.

    Zaxiralar odatda yuqori likvidli, ya’ni tez sotiladigan aktivlarda saqlanadi. Oltin va xorijiy valyuta ushbu talablarga javob beradi — ulardan istalgan vaqtda qarz to‘lash yoki investitsiyalar uchun foydalanish mumkin.

    2017-yilgacha O‘zbekiston zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamoatchilikka e’lon qilinmas edi. O‘sha yilning noyabr oyida zaxiralar 26 milliardni tashkil etishi ma’lum bo‘lgan. O‘shandan beri ular 10 mlrd dollargacha o‘sgan, biroq to‘rt oydan beri kamaymoqda.  

    Zaxiralardan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin va o‘rni qanday to‘ldiriladi?

    Zaxiralardan turli mamlakatlarda turlicha foydalaniladi. Bu odatda to‘lov balansi taqchilligini moliyalashtirish, valyuta bozorida intervensiyalar o‘tkazish, milliy valyuta kursini ushlab turish, tashqi qarzlarni qoplash va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

    Zaxiralar mamlakatda qazib olingan oltin, xalqaro bozorga qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi, savdo balansi profitsiti va boshqalar hisobiga to‘ldiriladi.

    Masalan, O‘zbekistonda zaxiralar OKMK yoki NKMK tomonidan qazib olingan oltin hisobiga to‘ldiriladi. Oltin chetga sotilganda mamlakatdagi zaxiralar ham kamayadi. O‘zbekiston esa joriy yilning mart oyidan beri oltin sotmayapti. 

    32,3 mlrd dollar — bu ko‘pmi yoki kam?

    Boshqa mamlakatlar bilan taqqoslansa, unda Xitoy katta farq bilan birinchi o‘rinda — 3,45 trln dollar. Ikkinchi o‘rinda Yaponiya (1,36 trln dollar), uchinchi o‘rinda esa Shveysariya (961 mln dollar) turadi.

    So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra qo‘shni mamlakatlar orasida Qozog‘iston zaxiralari 32,9 milliard dollarni, Tojikistonniki 2,7 milliard dollarni, Qirg‘izistonniki esa 2,5 milliard dollarni tashkil etadi.

    Rivojlanayotgan mamlakatlarga, shu jumladan, O‘zbekistonga ham xalqaro tashkilotlar uch oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lgan zaxiralarni saqlashni tavsiya qiladi.

    32,3 mlrd dollar hozir O‘zbekistonga 13 oydan ortiq importni moliyalashtirish uchun yetarli. Bunday ko‘rsatkich ishonchli hisoblanadi.

    19.11.2022, 18:15   Izoh (0)   25949
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya tashqi savdo shartnomalarini dollarda hisob-kitob qilishdan voz kechmoqchi — “RBK”

    19.11.2022, 17:10

    Vengriya Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli 10 milliard yevro yo‘qotgani aytildi

    19.11.2022, 16:43

    O‘zbekistonda yil boshidan beri qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

    18.11.2022, 23:07

    Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga Rossiya va Xitoydan ko‘ra ko‘proq sarmoya kiritgani ma’lum qilindi

    18.11.2022, 22:19

    O‘zbekistonda ikki yilda elektromobil importi 20 barobar oshdi

    18.11.2022, 19:38

    Yevopa Ittifoqi Rossiyaning 68 mlrd dollarlik aktivlarini muzlatib qo‘ygan — Politico

    18.11.2022, 18:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.