“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi buyrug‘i bilan Sunnatilla Gaipov 15-noyabrdan boshlab “Urganch” xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bitiruvchisi Sunnatilla Gaipov 20 yilga yaqin Uzbekistan Airways aviakompaniyasida turli lavozimlarda ishlagan. So‘nggi yillarda u Amritsarda (Hindiston) aviatashuvchi vakili va Dehlida vakil yordamchisi bo‘lib faoliyat yuritgan.
Joriy yilning may oyida aeroportning avvalgi direktori rahbariyat qarori bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Shu paytgacha boshqaruv raisining operatsion faoliyat bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Javlonbek Umarxo‘jayev aeroportning vaqtinchalik direktori vazifasini bajarib kelgan.
Izoh (0)