Mask Twitter xodimlarining deyarli 50 foizini ishdan bo‘shatgandan so‘ng, kompaniya yana bir qancha ishchi o‘rnini qisqartirdi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.
Biroq bu safar to‘liq kunlik ishchi kuchi o‘rniga shartnoma bo‘yicha ishchilar lavozimidan ayrilgan.
Hisobotga ko‘ra, Twitter o‘tgan hafta oxirida taxminan 4 400 nafar shartnoma bo‘yicha ishlaydigan xodimlarini ishdan bo‘shatgan.
Ijtimoiy media platformasining 5 500 nafar shartnoma bo‘yicha ishlaydigan xodimlaridan 4 400 nafari o‘zining ish loginiga kirish huquqidan mahrum bo‘lganidan keyin ishdan bo‘shatilganidan xabar topgan.
Twitter nomidan gapirish huquqiga ega bo‘lmagani uchun ism-sharifini oshkor qilishni istamagan xodimlar, ular hamkorlik qilayotgan pudratchilar bo‘shatilishidan oldin ichki ogohlantirish olmaganini bildirgan.
Shuningdek, hisobotga ko‘ra, Twitter o‘zining umumiy ichki aloqa guruhini ham ishdan bo‘shatgan.
Ushbu bo‘shatishlar Twitter foydasiga amalga oshirilmoqda, chunki kompaniya har kuni katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda.
Avvalroq Twitter Hindistondagi xodimlarining 90 foizdan ortig‘ini ishdan bo‘shatgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)