Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning oktabr oyida O‘zbekistonda tug‘ilgan farzandlarning 44 243 nafarini o‘g‘il bolalar, qiz bolalar soni esa 41 063 nafarni tashkil etgan.
Unga ko‘ra, eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida (10 272 ta), eng kami esa Sirdaryo viloyatida (1 990 ta) qayd etilgan. Hududlar kesimida qayd etilgan tug‘ilishlar soni:
- Qoraqalpog‘iston – 4 199 ta;
- Andijon viloyati – 8 026 ta;
- Buxoro viloyati – 4 313 ta;
- Jizzax viloyati – 3 807 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 9 286 ta;
- Navoiy viloyati – 2 186 ta;
- Namangan viloyati – 7 615 ta;
- Samarqand viloyati – 10 272 ta;
- Surxondaryo viloyati – 7 193 ta;
- Sirdaryo viloyati – 1 990 ta;
- Toshkent viloyati – 6 146 ta;
- Farg‘ona viloyati – 9 365 ta;
- Xorazm viloyati – 4 800 ta;
- Toshkent shahri – 6 108 ta.
Izoh (0)