Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida 14-noyabr kuni umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 13:52 da “Temirxo‘ja” MFY Temirxo‘ja ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:01 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:05 da qurshab olingan va soat 14:26 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida shoxobchaning taxminan 75 kvadrat metr maydonda ichki qismi yonib zararlangan.
Hodisa sabab tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)