Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahridan o‘tgan Jo‘nariq kanali qora rangda oqayotgani aytilmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayevning “Kusherbayevga murojaat” Telegram kanalida ma’lum qilindi.
Assalomu alaykum, suv obi hayot deyishadi. Uvoli tutmasmikan? Salkam bir haftadan beri Jo‘nariq shunaqa qora rangda oqmoqda. Ekologlarimiz fortochkadan tashqariga bir qarab qo‘yisharmikan? — deyiladi murojaatda.
Hozircha holat yuzasidan rasmiy munosabat berilmagan.
Avvalroq Chirchiq daryosiga rangli oqovalar tashlanayotgani aniqlangan edi.
Izoh (0)